Nikolay Lavrov
Nikolay Vladimirovich Lavrov | |
---|---|
Tavalludi |
17-dekabr 1911-yil Samara, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
21-aprel 1981-yil (69 yoshda) SSSR |
Fuqaroligi | SSSR |
Sohasi | gaz va yonilgʻi |
Taʼlimi | Moskva Kimyo texnologiyasi instituti |
Ilmiy darajasi | Texnika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | Oʻzbekiston SSSR FA akademigi |
Mukofotlari |
Nikolay Vladimirovich Lavrov (1911-yil 17-dekabr, Rossiya imperiyasi, Samara — 1981-yil 21-aprel, SSSR) — gaz va yonilgʻi sohasidagi sovet olimi, kimyogar, texnika fanlari doktori (1950), Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigi (1960)[1], KPSS aʼzosi (1942), SSSR gaz sanoati vazirligi ilmiy-texnika kengashi aʼzosi, Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti qoshidagi yonilgʻilarni qazib chiqarish seksiyasining raisi[2].
Tarjimayi holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Vladimirovich Lavrov 1911-yil 17-dekabr[3] kuni Samarada tavallud topgan. 1934-yili Dmitriy Mendeleyev nomidagi Moskva Kimyo texnologiyasi institutini bitiradi[3]. 1935—1936-yillari Moskva tunukasozlik zavodida gaz-generator stansiyasining katta muhandisi, 1939—1941-yillarda SSSR Fanlar akademiyasi Energetika institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1941—1945-yillari Ulugʻ Vatan urushida ishtirok etgan. Lavrov 1945—1948-yillari SSSR FA Energetika instituti hamda Yonilgʻi qazilamalari institutida katta ilmiy xodim, 1948—1949-yillari SSSR FA Prezdiumida ishlagan. 1949-yildda Lavrov Andrey Chernishyov bilan birgalikda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish institutini tashkli etishda tashabbus koʻrsatishgan[3]. 1949—1951-yillarda Butunttifoq Yer osti gazlari ilmiy tekshirish instituti (VNIIpodzemgaz) xodimi, 1951—1953-yillarda mazkur insitutning direktori, SSSR FA Yonilgʻi qazilmalar institutida (1953—1959-yillar) ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari, 1960—1964-yillari Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi texnika fanlari boʻlimining akademik-sekretari hamda Oʻzbekiston SSR FA Yonilgʻidan foydalanish instituti direktori[1], 1965-yildan Butunittifoq Gaz ilmiy tekshirish instituti (VNIIProzmgaz) da laboratoriya mudiri vazifasida faoliyat olib borgan[2]. Olim 1981-yil 21-aprelda 69-yoshida vafot etgan[3].
Ilmiy ishlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lavrov gazsimon yonilgʻilardan foydalanishga va yonilgʻilarning kimyoviy texnologiyasiga oid 300 ga yaqin ilmiy asar, shu jumladan 14 kitob va monografiya muallifidir[2].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 T. Bogatova. „Yubileyi-2006“ (rus tilida). 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 OʻzSE 1975, s. 254
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Lavrov Nikolay Vladimirovich“ (rus tilida). 2023-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 7-yanvar.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Oʻzbek Sovet Ensiklopediyasi, VI tom, Toshkent: OʻzSE Bosh redaksiyasi, 1975 — 640-bet.