Nikolay Krauze
Nikolay Krauze | |
---|---|
Tavalludi |
15-iyul 1887-yil Toshkent, Rossiya imperiyasi |
Vafoti |
13-fevral 1950-yil Saratov, SSSR |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi |
Sohasi | meditsina, xirurgiya |
Nikolay Iyeronimovich Krauze (1887–1950) – rus jarrohi, klinika vrachi, pedagog, tibbiyot fanlari doktori. Akademik Sergey Ivanovich Spasokukotskiyning shogirdi (1870–1942)[1].
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nikolay Iyeronimovich Krauze 1887-yil 3-iyulda Toshkentda tavallud topgan. Onasi – Yekaterina Matveyevna Krauze (qizlik familiyasi Xalina). Otasi – Jerom Ivanovich Krauze (1845–1909), tabiatshunos, farmatsevt, oʻsimliklarni kolleksiya qiluvchi, jamoat arbobi, oʻqituvchi.
Nikolay Krauze 1905-yilda oʻrta maktabni tugatdi va oʻsha yili Sankt-Peterburg universitetining fizika-matematika fakultetining tabiiy fanlar boʻlimiga oʻqishga kirdi. Universitetning tugatgan va 1909-yilda Imperator Nikolay universitetining tibbiyot fakultetiga oʻqishga kirdi.1914-yilda universitetni eng yaxshi talabalar qatorida tamomlagan[2].
Krauze 1918-yilda Saratovga qaytib keldi va S. I. Spasokukotskiy boshchiligidagi universitet shifoxonasi jarrohlik klinikasida vrach lavozimida ishlay boshladi. Xuddi shu yili klinik assistent lavozimini egalladi.
Nikolay 1923–1925-yillarda Saratovdagi temir yoʻl kasalxonasining jarrohlik boʻlimini boshqargan.
1926-yilda „Tos suyagini qisqartirilgan oyoq bilan tushirish mexanikasi toʻgʻrisida“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi va dotsent ilmiy unvonini oldi.
V. Shalamov hikoyalarida Krauze davlat jarrohi boʻlganligi haqida tilga olingan.
Krauze 1950-yil 13-fevralda vafot etdi[3].
Krauzening ilmiy merosi nazariy va klinik jarrohlikning turli sohalariga oid 50 dan ortiq ishlarni oʻz ichiga oladi.
Uning shogirdlari: V. I. Iost, E. L. Berezov, I. M. Rabinovich, V. A. Nikitin va boshqalar.
Nikolay Iyeronimovich Mehnat Qizil Bayroq ordeni va medallar bilan taqdirlangan.
Oilasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rafiqasi Gerta Fridrixovna Krauze (1893-yil 6-oktyabr –1978-yil 6-oktyabr).
Farzandlari Yekaterina Nikolayevna Krauze (1917-yil 25-mart – …), Sergey Nikolayevich Krauze (1921-yil 6-fevral – 1973-yil oktyabr) va Nikolay Nikolayevich Krauze (1923-yil 3-avgust – 1993-yil 3-oktyabr).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Николай Иеронимович КРАУЗЕ“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
- ↑ „Николай Иеронимович краузе - выдающийся хирург, педагог и талантливый учёный“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.
- ↑ „Николай Иеронимович КРАУЗЕ“. Qaraldi: 2023-yil 1-noyabr.