Nikolay Kibalchich
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nikolay Ivanovich Kibalchich [1853.19(31).10, Chernigov viloyati, Korov sh. — 1881.3(15).4, Peterburg] — insonni uchirishga moʻljallangan dunyoda birinchi raketali uchuvchi apparat loyihasi muallifi. Loyihada K. porox dvigateli qurilmasini, dvigatelning ogʻish burchagini oʻzgartirib uchishni boshqarish, yonishni programmali boshqarish, apparatning turgʻunligini taʼminlash va boshalar koʻzda tutilgan. Peterburg temir yo'llar instituti va Tibbiy-jarroxlik akademiyasida oʻqigan (1871 —75). 1881-yil podsho Aleksandr II ga qilingan suiqasdda ishtirokchi sifatida ayblanib, qamoqqa olingan va qatl etilgan. Qamoqsaligida, ulimidan bir necha kun oldin, K. uchuvchili raketa apparatining noyob loyihasini tayyorlagan. Oydagi kraterlardan biri Kibalchich nomi bilan ataladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |