Kontent qismiga oʻtish

Niklas Stark

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Niklas Stark
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 14-aprel 1995-yil (1995-04-14) (29 yosh)
Tavallud joyi Neustadt an der Aisch, Germaniya
Boʻyi 1.90 m[1]
Ampluasi Yarimhimoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Werder Bremen
Raqami 4
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1998—2002 FSV Ipsheim
2002—2004 TSV Neustadt/Aisch
2004—2013 1. FC Nürnberg
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2013—2015 1. FC Nürnberg 54 (3)
2014—2015 1. FC Nürnberg II 3 (0)
2015—2022 Hertha BSC 176 (7)
2022- Werder Bremen 0 (0)
Milliy terma jamoa
2011—2012 Germaniya U17 3 (0)
2012—2013 Germaniya U18 3 (0)
2013—2014 Germaniya U19 13 (3)
2015 Germaniya U20 7 (3)
2014—2017 Germaniya U21 18 (2)
2019- Germaniya 2 (0)
Xalqaro medallar
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(1-iyul uchun)

Niklas Stark (1995-yil 14-aprelda tugʻilgan) — nemis professional futbolchisi, Bundesliga klubi Verder Bremen va Germaniya terma jamoasida markaziy himoyachi yoki yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.

Klublardagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Stark Bundesligadagi debyutini 2013-yilning 27-aprelida „Xoffenxaym“ga qarshi oʻyinda oʻtkazadi[2][3] U asosiy tarkibda 21 oʻyinda va zaxiradan esa 2 ta oʻyinda maydonga tushdi[4]. U bu oʻyinlarda gol ura olmadi[4]. Shunga qaramay, 2014—2015-yilgi mavsumda Stark birinchi va ikkinchi jamoalarda oʻynadi[5]. U asosiy tarkibda 26 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol uradi[5]. Uning Nürnberg libosidagi soʻnggi oʻyini 2015-yil 23-avgustda VfL Bochumga qarshi oʻyinda boʻldi[6], chunki u ertasi kuni Gerta BSC jamoasiga oʻtadi[7].

Stark 2015-yilning 24-avgustida Hertha BSC bilan toʻrt yillik shartnoma imzoladi. U 12-sentabr kuni VfB Shtutgartga qarshi oʻyinda (2:1) 73-daqiqada Salomon Kalou oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazdi[8]. U tezda oʻzini asosiy tarkib oʻyinchisi sifatida koʻrsatishga muvaffaq boʻldi, lekin 2015-yilning oktyabrida jarohati tufayli omadsizlikka uchradi[9]. U 2016-yilning 11-martida „Hertha“ safida Bundesligadagi ilk golini "Schalke 04" ga qarshi oʻyinda (2:0) kiritdi[10].

Keyingi mavsumlarda u ham jamoaning bir qismiga aylandi va oʻzining ilk yevropa oʻyinlarini ham oʻtkazdi. Hertha ikki marta UEFA Yevropa Ligasiga yoʻllanma oldi, lekin har ikki safar ham musobaqadan erta chiqib ketdi[11][12]. „Hertha“da u nafaqat markaziy himoyachi, balki himoyaviy yarim himoyachi sifatida ham maydonga tushdi[13].

2022-yilning 31-martida Starkning amaldagi shartnomasi uzaytirilmasligi va 2021—2022-yilgi mavsumdan soʻng „Hertha“ni erkin agent sifatida tark etishi eʼlon qilindi[14].

Werder Bremen

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2022-yil 28-may kuni Bundesligaga yangi koʻtarilgan Bremenning „Verder“ klubi 2022—2023-yilgi mavsum uchun Stark bilan shartnoma imzolaganini eʼlon qildi[15]. Xabar qilinishicha, u toʻrt yillik shartnoma imzolagan[15].

Xalqaro faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2019-yilning 15-mart kuni Stark oʻz faoliyatida ilk bor Germaniya terma jamoasiga terma jamoa bosh murabbiyi Yoaxim Lyov tomonidan chaqiruv oldi[16]. U 2019-yilning 19-noyabrida Shimoliy Irlandiyaga qarshi Yevro-2020 saralash bahsida 65-daqiqada Lukas Klostermanni oʻrniga zaxiradan maydonga tushib debyut oʻyinini oʻtkazgan[17].

Faoliyati statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
Klub Mavsum Liga Kubok Kontinental Boshqa Jami
Divizion Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
1. FC Nürnberg 2012-13 Bundesliga 3 0 0 0 3 0
2013-14 21 0 0 0 - 21 0
2014-15 2. Bundesliga 26 2 1 0 - 27 2
2015-16 4 1 1 0 - 5 1
Jami 54 3 2 0 0 0 0 0 56 3
1. FC Nürnberg II 2013-14 Regionalliga Bayern 2 0 - - 2 0
2014-15 1 0 - - 1 0
Jami 3 0 0 0 0 0 0 0 3 0
Hertha BSC 2015-16 Bundesliga 21 2 2 0 23 2
2016-17 27 1 3 0 2 0 32 1
2017-18 26 1 1 1 4 0 31 2
2018-19 22 1 3 0 25 1
2019-20 21 1 3 0 - 24 1
2021-22 33 0 1 0 - 34 0
2021-22 26 1 2 0 - 2 0 34 0
Jami 176 7 15 1 6 0 2 0 199 8
Faoliyatidagi jami 233 10 17 1 6 0 2 0 258 11
Milliy terma jamoa Yil Oʻyinlar Gollar
Germaniya 2019 1 0
2020 1 0
Jami 2 0

Germaniya

  • 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2014-yil
  • 21 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : 2017[18]

Individual

  • Frits Valter medali 2014 oltin medal (19 yoshgacha boʻlganlar toifasi)
  • 2014-yil 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionati : Turnir jamoasi[19]
  • 21 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi jamoasi: 2017[20]
  1. „Niklas Stark | Hertha BSC“ (olmoncha). Hertha BSC. 30-mart 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  2. „Hoffenheim hält den Anschluss“ (olmoncha). kicker (27-aprel 2013-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  3. „Niklas Stark“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  4. 4,0 4,1 „Niklas Stark » Club matches“. World Football. Qaraldi: 17-mart 2019-yil.
  5. 5,0 5,1 „Niklas Stark“ (olmoncha). kicker.de. kicker. Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  6. „Haberer nutzt Klasse-Kombination zum Sieg“ (olmoncha). kicker (23-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  7. „Dardai über Stark: "Er kann ein Führungsspieler werden"“ (olmoncha). kicker (24-avgust 2015-yil). Qaraldi: 24-avgust 2015-yil.
  8. „Heimsieg!“ (olmoncha). Hertha BSC (12-sentabr 2015-yil). 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  9. „Fussball - U21: Auch Stark verletzt - Hrubesch nominiert Cacutalua nach“ (olmoncha). RAN (6-oktabr 2015-yil). 22-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  10. „Ibisevic and Stark on target as Hertha see off Schalke“. SBS Sport (12-mart 2016-yil). 22-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  11. „Brøndby-Hertha | UEFA Europa League 2016/17“. UEFA. 2022-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  12. „Hertha Berlin's Europe League campaign comes to an end in Bilbao“. bundesliga.com - the official Bundesliga website. 5-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  13. Lynch, Alex. „Scout Report: Niklas Stark | Herthaʼs Young Defensive Midfield Stalwart“. Outside of the Boot (4-iyun 2017-yil). 25-oktabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  14. „Hertha verlängert Vertrag von Niklas Stark nicht - B.Z. – Die Stimme Berlins“ (de-DE). B.Z. – Die Stimme Berlins (31-mart 2022-yil). 4-may 2022-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22-may 2022-yil.
  15. 15,0 15,1 „Ablösefrei: Niklas Stark wechselt von Berlin nach Bremen“ (olmoncha). kicker (28-may 2022-yil). Qaraldi: 28-may 2022-yil.
  16. „Maximilian Eggestein, Niklas Stark and Lukas Klostermann: who are the new faces in Joachim Löw's latest Germany squad?“. bundesliga.com. Qaraldi: 6-aprel 2019-yil.
  17. „Germany v Northern Ireland game report“. UEFA (19-noyabr 2019-yil).
  18. „Weisers Kopfball macht den EM-Traum wahr“ (olmoncha). kicker.de (30-iyun 2017-yil). Qaraldi: 30-iyun 2017-yil.
  19. „The UEFA Technical Team Team of the Tournament“. UEFA. Qaraldi: 3-may 2017-yil.
  20. „The official Under-21 Team of the Tournament“ (inglizcha). UEFA.com (2017-yil iyul).