Nikkei 225
Nikkei 225 (Nikkei 225, tock Average, yaponcha: 日経平均株価', 日経225) Yaponiyaning eng muhim fond indekslaridan biridir. Indeks birinchi marta 1950-yil 7-sentabrda Tokio fond birjasi tomonidan TSE Adjusted, tock Price Average nomi ostida nashr etilgan.[1]
Indeks 1970-yildan beri Yaponiyaning The Nihon Keizai, Shimbun gazetasi tomonidan hisoblab chiqiladi.
2021-yil 15-fevralda Nikkei 225 indeksi 30 000 chegarasidan oshib ketdi, bu soʻnggi 30 yil ichidagi eng katta natija edi. Oʻsishning sababi Yaponiya banki tomonidan COVID-19 pandemiyasining moliyaviy taʼsirini yumshatish uchun amalga oshirilayotgan pul-kredit ragʻbatlantirish dasturidir.[2]
2022-yil oxiriga kelib indeksga Tokyo Electron kompaniyasi eng katta taʼsir koʻrsatadi (TYO: 8035).
Indeksni hisoblash
[tahrir | manbasini tahrirlash]Indeks "Aksiyalarning tuzatilgan bahosi" yigʻindisini aniqlash va bu summani "bo'luvchi" ga boʻlish orqali aniqlanadi. “Aksiyaning tuzatilgan bahosi" uning narxini “tuzatish koeffitsienti”ga ko'paytirilganiga teng. Narxni tuzatish koeffisienti ko'pchilik aksiyalar uchun odatda 1 ga teng, lekin nisbatan yuqori narxdagi aksiyalar uchun bu koeffisienti pastroqdir. Aksiyalar savati oʻzgarganda va aksiyalarning boʻlinishi yoki teskari boʻlinishi paytida indeksni bozordan tashqari hodisalar sababli keskin o’zgarib ketishining oldini olish uchun “boʻluvchi” qiymatiga tuzatish kiritiladi.[3]
Nikkei 225 indeksi kompaniya aksiyalaridan iborat. Oʻzaro fond aksiyalari, birja fondlari, koʻchmas mulk fondlari va imtiyozli aksiyalar bunga kiritilmaydi. Eng koʻp sotiladigan aksiyalar tanlab olinadi. Agar indeksdagi kompaniya qoʻshilib ketish yoki bankrotlik tufayli chiqib ketsa, uning oʻrniga ishtirokchi xuddi shu bozor sektoridan qidiriladi.[4]
2010-yil yanvar oyidan boshlab indeks savdo sessiyalari vaqtida har 15 soniyada yangilanadi.[5] Bunda, Nikkei 225-ga kiritilgan kompaniyalar roʻyxati yiliga bir marta, oktabr oyida koʻrib chiqiladi.[6]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Nikkei“. investopedia.com. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Nikkei index hits 30,000 for first time in three decades“. asia.nikkei.com. 2021-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Nikkei Stock Average Index Guidebook“. indexes.nikkei.co.jp. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Trading indices“. comparebrokers.co. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „Nikkei to calculate 225 average every 15 seconds“. reuters.com. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.
- ↑ „FAQ (Nikkei Stock Average)“. indexes.nikkei.co.jp. Qaraldi: 2022-yil 11-fevral.