Nikita Bichurin
Qiyofa
Nikita Yakovlevich Bichurin (Iakinf) (1777.29.8, hozirgi Rossiya Federatsiyasining Chuvashiya muxtor respublikasi Cheboksari tumani —1853.11.5, Peterburg) — xitoyshunos.
Peterburg Fanlar akademiyasi muxbir aʼzosi (1828-yildan), 14 yil (1807—21) Pekindagi rus liniy missiyasini boshqargan. Rossiya tashqi ishlar vazirligida tarjimon boʻlib ishlagan. B.ning ilmiy ishlari moʻgʻul va turkiyzabon xalklar tarixi, geografiyasi va etnografiyasiga oid. Uning Turon xalqlari qad. tarixiga bagʻishlangan "Qadimgi davrda Oʻrta Osiyoda yashagan xalklar haqida maʼlumotlar toʻplami" nomli uch qismdan iborat asari katta ilmiy qimmatga ega.[1][2][3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ "Bichurin Nikita Yakovlevich" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ Чувашская энциклопедия
- ↑ Культурное наследие Чувашии>
- Sobraniye svedeniy o narodax, obitavshix v Sredney Azii v drevniye vremena, t. 13, M.L., 1950-53.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |