Kontent qismiga oʻtish

Nigora Tursunqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigora Akmalovna Tursunqulova
Shaxsiy maʼlumotlari
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 4-aprel 1999-yil (1999-04-04) (25 yosh)
Jizzax, Oʻzbekiston
Sport
Qaysi sport taekvondo
Sport mukofotlari
Osiyo chempionati
Bronza Manila 2016 67kg gacha
Oltin Xoshimin 2018 67kg gacha
Yozgi Osiyo oʻyinlari
Bronza Jakarta 2018 67kg gacha
Butunjahon harbiylar oʻyinlari
Kumush Uxan 2019 67kg gacha

Nigora Akmalovna Tursunqulova (1999-yil 4-aprel, Jizzax, Jizzax viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik taekvondochi, Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilda Osiyo chempionatida taekvondo boʻyicha bronza medalini, 2018-yilda oltin medalini qoʻlga kiritdi. Xuddi shu yili yana Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza, 2019-yilda esa Butunjahon harbiy oʻyinlarida kumush, shuningdek, Tibadagi taekvondo boʻyicha jahon Gran-prisida bronza medallarini sohibasi boʻldi.

Sportdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tursunqulova 2016-yilda Maniladagi (Filippin) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionati yarim finalida vyetnamlik Xa Txi Nguyenga magʻlub boʻlib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[1].

Shu yili yana Rio-de-Janeyrodagi XXXI Yozgi Olimpiada oʻyinlari chorak finalida ozarbayjonlik Farida Azizovaga imkoniyatni boy beradi[2].

Shundan soʻng Nigora Tursunqulova 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan 2018-yilgi Yozgi Osiyo oʻyinlarida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, bronza medalini qoʻlga kiritadi[3]. U yarim finalda raqibi janubiy koreyalik Kim Jan-Diga imkoniyatni boy beradi. Xuddi shu yili Xoshimindagi (Vyetnam) taekvondo boʻyicha Osiyo chempionatida raqibi iordaniyalik sportchi Juliana Al-Sodiqdan ancha kuchli boʻlib uni magʻlub etdi va oltin medal sohibasiga aylandi.

2019-yilda Uxanda (Xitoy) boʻlib oʻtgan Butunjahon harbiylar oʻyinida 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etib, u finalda xitoylik Chjan Menyuyga imkoniyatni boy beradi va kumush medal oladi[1]. Mazkur yilda Nigora Tursunqulova Tibadagi (Yaponiya) taekvondo boʻyicha jahon Gran-prida 67 kilogrammgacha vazn toifasida yarim finalda ishtirok etib, fransiyalik raqibi Magda Vit-Enenga imkoniyatni boy beradi va bronza medali sohibasi boʻladi.

2021-yilda Ommonda (Iordaniya) oʻtkazilgan Osiyo qitʼa sportchilari uchun taekvondo boʻyicha Yoʻllanma turnirida u 2020-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlari uchun yoʻllanmani qoʻlga kiritadi[4][5].

Nigora Tokiodagi (Yaponiya) 2020-yilgi XXXII Yozgi Olimpiya oʻyinlarida bokschi Bahodir Jalolov bilan birga Oʻzbekiston terma jamoasi bayroqdoriga aylanishdi[6]. Tokiodagi oʻyinlarda u 67 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etdi va 1/8 finalda xitoyli raqibi Chjan Menʼyuy bilan toʻqnashib, 9:12 hisobida magʻlub boʻldi[7].

  1. 1,0 1,1 „TaekwondoData“ (en). TaekwondoData. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  2. „Харчегани завоевал бронзу, Азизова стала пятой“ (ru). www.azerisport.com. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  3. „Wayback Machine“. web.archive.org (2020-yil 8-iyun). 2020-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  4. „Сборная Узбекистана по таэквондо впервые поедет на Олимпийские игры полным составом“ (ru). https://uznews.uz. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  5. „Нигора Турсункулов вновь примет участие в Олимпиаде“ (ru). Olamsport.com. Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  6. „Токио-2020. Сменились знаменосцы Узбекистана“ (ru). Газета.uz (2021-yil 23-iyul). Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.
  7. „Taekwondo Schedule & Results - 26 Jul | Tokyo 2020“ (en). ... Qaraldi: 2021-yil 25-iyul.[sayt ishlamaydi]