Kontent qismiga oʻtish

Nigina Amonqulova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Nigina Amonqulova
tojikcha: Нигина Амонқулова
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Nigina Amonqulova
30-yanvar 1986-yil (1986-01-30) (38 yosh)
Fuqaroligi Tojikiston bayrogʻi Tojikiston
Kasbi qoʻshiqchi
Janr Pop musiqa, Retro
Mukofotlari

Nigina Amonqulova (tojikcha: Нигина Амонқулова; 1986-yil 30-yanvarda Tojik SSRning Panjakent shahrida dunyoga kelgan) – tojik estrada xonandasi, Tojikiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan artist, Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti[1][2]. Tojik estrada yulduzi va Tojikistondagi mashhur milliy taronalarni ijrochilarning biridir.

Nigina Omonqulova 1986-yil 30-yanvarda Leninobod viloyatining Panjakent shahrida tugʻilgan[3]. Niginaning onasi hisobchi, otasi haydovchi. Niginaning toʻrt nafa akasi bor[4]. Nigina Tibbiyot instituti talabasi sifatida shahardagi madaniy tadbirlarda qatnashgan[5][6]. „Andaleb“ shahar festivalida u „Muxabbat – baxti xondoni“ qoʻshigʻini ijro etgan. keyinchalik Dushanbeda oʻtkazilgan „Andaleb“ festivalida Penjakent ansambli tarkibida ishtirok etgan va „Ranchida nigoram omad“ qoʻshigʻi uchun bosh sovringa sazovor boʻlgan[7]. Nigina Dushanbega koʻchib oʻtganidan soʻng tojik xalq qoʻshiqlarini „retro“ uslubida ijro eta boshlagan. Qisqa vaqt ichida qoʻshiqchi butun Tojikiston boʻylab mashhur boʻlgan. Xonanda odatda tojik milliy liboslari asosida yorqin liboslarda chiqish qiladi.

Xonanda bastakor Sirojiddin Fozilov, Saidqul Bilolov, Sharif Bedaqovlar bilan hamkorlik qiladi. Studiyada ovoz muhandislari Alisher Zarikov va Olim Shirinovlar bilan hamkorlik qiladi[8].

  1. Nikoh sevgisi
  2. Koʻrinish asiri
  3. Retro
  4. Yomgʻir
  5. Soddadil
  6. Dilnoma
  7. Oltin top kolleksiyasi
  8. Badaxshon
  1. „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz uch yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“ (2024-yil 24-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-avgust.
  2. „О награждении в связи с тридцать третьей годовщиной независимости Республики Узбекистан группы работников сфер науки, образования, здравоохранения, литературы, культуры, искусства и средств массовой информации“ (ru). president.uz. Qaraldi: 2024-yil 24-avgust.
  3. Рао/Ро. „Нигина дар соли 2018 бо чеҳраи нав ба саҳна меояд. ВИДЕО“ (tg). Радиои Озодӣ (2018-yil 1-yanvar). 2023-yil 20-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 20-noyabr.
  4. „Нигина Амонқулова дар телевизиюни форсии Би-би-сӣ - BBC Tajik/Persian“ (tg). www.bbc.com. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  5. „Нигина Амонкулова - скачать все песни MP3, биография, фото“ (ru-RU). Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  6. „Нигина Амонкулова в стиле ретро | ZVYeZDA | Novosti Tadjikistana – IA „ASIA-Plus““ (2010-yil 24-avgust). 2010-yil 24-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  7. „Nigina Amonkulova (Amonqulova)“. life.ansor.info. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.
  8. „2014 - Соли Нигина Амонқулова, ҳаҷҷи Шабнам ва дебюти Мино (4 ВИДЕО)“ (tg). Радиои Озодӣ. Qaraldi: 2020-yil 17-dekabr.