Kontent qismiga oʻtish

Neytrofillar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Neytrofillar (lot. neuter - u ham, bu ham emas va yun. phileo — sevaman) — umurtqali hayvonlar va odam qoni leykotsitlarining bir xili. N. protoplazmasi rangsiz yoki och pushti, qizgʻish-binafsha rangda, donador. Oʻrtacha kattaligi 9—12 mkm. N. yetilib borishiga qarab quyidagilarga ajratiladi: miyelotsitlar, yosh N., tayoqcha oʻzakli N. va segment oʻzakli N. N. promiyelotsitlardan yetilishiga qarab oʻzga-rib boradi, asosiy oʻzgarishlar oʻzagida kuzatiladi: dastlab oʻzakda botiq hosil boʻladi, keyin oʻzak bukilgan tayoqchani eslatadi, soʻngra orasida ingichka koʻprikchalari bor segmentlarga (3 tadan 5 tagacha) boʻlinadi. N. fagotsitoz qilish va gumoral omillar ishlab chiqarish xususiyatiga ega, shuning uchun mikrofaglar guruhiga kiritilgan. Katta yoshli odamlarda tayoqcha oʻzakli N. 1—6% ni, segment oʻzakli N. 47—72% ni tashkil qiladi. Sogʻlom odam qonida yosh N. uch-ramaydi. Har xil patologiyalarda segment oʻzakli N.ning segmentlanmagan N.ga nisbati oʻzgaradi. Mas, bu koʻrsat-kich kamaysa, N.ning chap tomonga sil-jishi (koʻpgina yalligʻlanish jarayonlari, leykotsitozda), koʻrsatkich koʻpaysa, oʻng tomonga siljishi, leykopeniya kuzatiladi (ogʻir kechuvchi anemiyada). Har xil kasalliklarda N.ning xajmi, protoplazmasi va donadorligi oʻzgarishi mumkin. Qrnda N. miqdorining koʻpayishi neytrofillyoz deb ataladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil