Kontent qismiga oʻtish

Nervizm

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nervizm – odam va yuqori darajada tuzilgan hayvonlar organizmidagi barcha funksiyalar va fiziologik jarayonlarni boshqaruvchi bosh omil – nerv sistemasi degan gʻoyaga asoslangan yoʻnalish. Nervizm terminini fanga I. P. Pavlov kiritdi (1883), S. P. Botkin, I. M. Sechenov va uning izdoshlari asarlarida nervizm gʻoyasiga asos solindi. Asosiy N. I. P. Pavlovning oliy nerv sistemasi, shartsiz reflekslar va shartli reflekslar qaqidagi taʼlimotidir. Hozirgi neyro-gumoral regulyasiya haqidagi tushunchaga koʻra, organizmdagi fiziologik jarayonlarni boshqarishda nafaqat nerv sistemasi, balki gormonal-gumoral omillar ham ishtirok etadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil