Nemanja Maksimović
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Nemanja Maksimović | ||
Tavallud sanasi | {{Birth date and age|1995|01|26|df=y} | ||
Tavallud joyi |
Banja Koviljača, FR Yugoslaviya | ||
Boʻyi | 1.85 m | ||
Ampluasi | Yarimhimoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Getafe | ||
Raqami | 20 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Gučevo Banja Koviljača | |||
2002—2007 | Omladinac Loznica | ||
2007—2013 | Red Star Belgrade | ||
2013 | Hellas Verona | ||
2013 | Domžale | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2013—2015 | Domžale | 27 | (3) |
2015—2017 | Astana | 54 | (9) |
2017—2018 | Valencia | 15 | (0) |
2018– | Getafe | 153 | (5) |
Milliy terma jamoa | |||
2013—2014 | Serbia U19 | 16 | (3) |
2015 | Serbiya U20 | 7 | (2) |
2015—2017 | Serbiya U21 | 9 | (0) |
2016– | Serbiya | 40 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 9-noyabr uchun) |
Nemanja Maksimović (talaffuzi: Nemanya Maksimovich) (1995-yil 26-yanvarda tugʻilgan) — serbiyalik professional futbolchi, Ispaniyaning „Getafe“ klubi va Serbiya terma jamoasida yarim himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klubdagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ilk faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Banja Koviljacada tugʻilgan Maksimovic „Srvena Zvezda“ Belgradning 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar jamoasida toʻp surgan, ammo oxir-oqibat uning shartnomasi bekor qilingan. 2013-yilgi UEFA U19 chempionatidagi oʻyinidan soʻng u Sloveniyaning Domjale jamoasi bilan shartnoma imzolagan. U professional debyutini 2013-yilning 18-oktabrida Zavrč bilan 2:2 hisobidagi durang bilan tugagan o‘yinda o‘tkazgan[1].
Astana
[tahrir | manbasini tahrirlash]2015-yilning 7-fevralida Maksimovic Qozogʻiston Premyer-ligasining „Astana“ klubi bilan ikki yarim yillik shartnoma imzolagan[2]. 2015-yilning 27-avgustida Maksimovic 2015/2016-yilgi UEFA Chempionlar Ligasi pley-off bosqichining javob o‘yinida APOEL darvozasiga hisobni tenglashtirgan golni urgan va bu gol „Astana“ni Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga oloib chiqgan[3].
Valensia
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yilning 2-iyulida Valensiya Maksimovic bilan 2022-yilgacha moʻljallangan shartnoma imzolaganini eʼlon qilgan[4]. U klubdagi debyutini 18-avgust kuni La Liga doirasida „Las-Palmas“ga qarshi kechgan oʻyinda Karlos Solerning oʻrniga maydonga tushgan holda oʻtkazgan[5].
Getafe
[tahrir | manbasini tahrirlash]2018-yilning 16-iyulida Maksimovic Getafe bilan 2024-yilgacha shartnoma imzolagan[6].
Xalqaro faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maksimovic 2013-yilda 19 yoshgacha boʻlganlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan Serbiya U19 jamoasida oʻynagan[7]. U 2015-yilda Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tadigan FIFA U-20 Jahon chempionati uchun Serbiya U20 terma jamoasiga chaqirilgan va finalda qo‘shimcha bo‘limlarga ikki daqiqa qolganida g‘alaba keltirgan golni urgan va bu gol Braziliyani 2:1 hisobida mag‘lub etishga yetarli boʻlgan[8]. Maksimovic 2016-yilning 23-martida Polshaga qarshi o‘yinda (1:0) Serbiya terma jamoasi safida debyut qilgan[9]. 2018-yil may oyida u Serbiyaning 2018-yilda Rossiyada boʻlib oʻtadigan futbol boʻyicha Jahon chempionati uchun dastlabki tarkibiga kiritilgan, ammo u yakuniy tarkibga kiritilmagan.
Faoliyat statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Mamlakat Kubogi | Qitʼa | Boshqa | Jami | ||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | Oʻyin | Gol | ||
Domžale | 2013-2014 | 1. SNL | 11 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | 11 | 0 | |
2014-2015 | 16 | 3 | 3 | 1 | — | — | 19 | 4 | ||||
Jami | 27 | 3 | 3 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 30 | 4 | ||
Astana | 2015 | Premyer League | 23 | 6 | 3 | 0 | 11 | 1 | 1 | 0 | 38 | 7 |
2016 | 31 | 3 | 1 | 0 | 10 | 2 | 1 | 0 | 43 | 5 | ||
2017 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | ||
Jami | 54 | 9 | 4 | 0 | 21 | 3 | 2 | 0 | 81 | 12 | ||
Valencia | 2017-2018 | La Liga | 15 | 0 | 6 | 1 | — | — | 21 | 1 | ||
Getafe | 2018-2019 | La Liga | 36 | 1 | 4 | 0 | — | — | 40 | 1 | ||
2019-2020 | 35 | 2 | 1 | 0 | 7 | 0 | — | 43 | 2 | |||
2020-2021 | 35 | 1 | 0 | 0 | — | — | 35 | 1 | ||||
2021-2022 | 35 | 1 | 0 | 0 | — | — | 35 | 1 | ||||
2022-2023 | 12 | 0 | 0 | 0 | — | — | 12 | 0 | ||||
Jami | 153 | 5 | 5 | 0 | 7 | 0 | 0 | 0 | 165 | 5 | ||
Karyerada jami | 249 | 17 | 18 | 2 | 28 | 3 | 2 | 0 | 297 | 22 |
Xalqaro
[tahrir | manbasini tahrirlash]Milliy terma jamoa | Yil | Oʻyin | Gol |
---|---|---|---|
Serbiya | 2016-yil | 3 | 0 |
2017-yil | 1 | 0 | |
2018-yil | 7 | 0 | |
2019-yil | 8 | 0 | |
2020-yil | 7 | 0 | |
2021 yil | 11 | 0 | |
2022-yil | 3 | 0 | |
Jami | 40 | 0 |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Zavrč – Domžale 2:2 – Prva liga Telekom Slovenije“ (sl). prvaliga.si (2013-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 6-fevral.
- ↑ „http://fca.kz/rus/news/4211/“ (ru). FC Astana official website (2015-yil 7-fevral). 2018-yil 9-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-fevral.
- ↑ Petar Lazić. „Hotsport.rs: HOTSPORT INTERVJU – NEMANJA MAKSIMOVIĆ: San mi se nije ostvario da igram za voljeni klub, a sada ću igrati protiv Mesija i Ronalda“ (sr) (2017-yil 13-may). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 8-yanvar.
- ↑ „Maksimovic, new Valencia CF player until 2022“. valenciacf.com. Valencia CF (2017-yil 2-iyul). 2019-yil 30-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 3-iyul.
- ↑ „Este Valencia pinta bien“ (es). Marca (2017-yil 18-avgust). Qaraldi: 2017-yil 18-avgust.
- ↑ „El Getafe se hace con Maksimovic“ (es). Getafe CF (2018-yil 16-iyul). 2022-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 16-iyul.
- ↑ [1] UEFA: Match Report — France 0-1 Serbia — 1 August 2013
- ↑ „Under-20 World Cup: Serbia beat Brazil in Auckland final“. BBC Sport (2015-yil 20-iyun). Qaraldi: 2015-yil 20-iyun.
- ↑ „http://www.sports.kz/news/maksimovich-debyutiroval-za-serbiyu“ (ru). sports.kz. Sports.KZ (2016-yil 24-mart). Qaraldi: 2016-yil 24-mart.