Nefud
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Nefud — Arabiston yarim oraldagi bir necha qum choʻllari. Saudiya Arabistoni hududida. Eng yiriklari: Katta Nefud, Kichik Nefud va Nefud-Dahi.
Katta N yefud Arabiston yarim oralning shim. qismida joylashgan. Maydoni 670 ming km². Uzunligi 500 km, eni 300 km gacha. Balandligi 600–1000 m li platoda joylashgan boʻlib, qum tepalar va toshloklardan iborat. Quruq oʻzan koʻp. Iqlimi tropik, keskin kontinental iklim. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 10° dan yukrri (baʼzan —11° gacha pasayadi), iyulniki 30° (maksimal temperatura 54°). Yillik yogʻin 100 mm. Kuchli shamollar esadi. Oʻsimliklari siyrak. Sirtlon, chiyaboʻri, ke-miruvchilar, kaltakesaklar yashaydi. Chekka qismida quduq va vohalar bor, koʻchmanchi chorvachilik rivojlangan (qoʻy, tuya boqiladi). Kichik Nefud (Dahno) Arabiston yarim oralning markaziy qismidagi choʻl, Katta Nefud bilan Rub ul-Xoli choʻllari oraligʻida. Uzunligi 1200 km, eni 20–70 km. Oʻrtacha balandligi 450 m.
Qum uyumlari koʻchib yuradi. Oʻsimligi juda siyrak. Nefud-Dahi Arabiston ya. o.ning markaziy qismida. Uzunligi 500 km, eni 100 km gacha. Oʻsimligi juda siyrak, qum uyumlari koʻchib yuradi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |