Ned Stark
Ned Stark | |
---|---|
Muz va olov qoʻshigʻi qahramoni Game of Thrones obrazi | |
Sean Bean Ned Stark rolida | |
Ilk bora koʻringan |
|
Soʻnggi bora koʻringan |
|
Muallif(lar) | George R. R. Martin |
Qaysi asardan adaptatsiya qilingan |
D.B. Weiss & David Benioff (Game of Thrones) |
Jonlantirgan(lar) |
|
Umumiy maʼlumotlar | |
Taxalluslari | The Quiet Wolf |
Jinsi | Erkak |
Unvoni |
|
Oilasi | Starklar uyi |
Bolalari |
|
Qarindoshlari |
|
Kelib chiqishi | Winterfell |
Eddard „Ned“ Stark – George R. R. Martinning "Muz va olov qoʻshigʻi" siklining bir qismi boʻlgan „Taxtlar oʻyini“ romanidagi qahramon. Serialda ushbu personajni Sean Bean gavdalantirgan. Serialning faqat birinchi mavsumida Ned Stark voqealar zanjirirdagi asosiy personaj sifatida gavdalangan[1].
Sakkiz yoshidan boshlab u Robert Baratheon bilan Jon Arrynning „Nest“ qal’asida tarbiyalangan. Otasi va akasi soxta ayblovlar bilan oʻldirganidan Ned, singlisi Lyanna taxt vorisi tomonida oʻgʻirlab ketilganidan keyin Targaryenlarga qarshi boshlangan qoʻzgʻolonga qoʻshiladi.
U akasi Brandon vafotidan keyin Catelyn Tully bilan tanishadi va unga uylanadi, bu qoʻzgʻolonchilar Lord Xoster Tully bilan ham ittifoq tuzishga yordam berdi. Robert Baratheon taxtni egallagach marhum singlisining oʻgʻli Jon Snowni olib Winterfellga qaytib keladi va uni oʻzining noqonuniy oʻgʻli sifatida tanishtiradi. Oʻn besh yil davomida u Winterfell Lordi sifatida shimolni tark etmasdan yashaydi.
Oʻn besh yildan keyin qirolning oʻng qoʻli Jon Arryn vafot etgani va qirolning Winterfellga kelishi haqidagi kutilmagan xabarni oladi. Qirol Robert Baratheon undan oʻng qoʻl boʻlishni soʻraydi va Stark bunga rozilik beradi. Shuningdek ular qirolning oʻgʻli Joffri Baratheon va Starkning qizi Sansa Starkni unashtirishga kelishishadi. Koʻp oʻtmay, u Liza Arrynning xatidan Jon Arryn oʻldirilganligini va bunda qirolicha Cerseyning qoʻli borligini bilib oladi. Qizlari Sansa va Aryani oʻzi bilan birga olib Qirollik bandargohiga yaʼni poytaxtga yoʻl oladi.
Qirollik bandargohida u davlat boshqaruviga kirishadi va xazina boʻshab qolganligini va davlat katta qarzga botganligidan xabar topadi. Bu vaqtda xotini Catelyn Stark Tyrion Lannisterni asirga oladi. Daenerys Targaryenni oʻldirish toʻgʻrisidagi qarorga bagʻishlangan yigʻilishda Ned qirolga qarshi chiqadi va isteʼfoga chiqadi. Eddard Robertning noqonuniy qizi Barra bilan uchrashadi. U yerdan qaytib kelib, Tyrionning asirga olingani uchun qasos olmoqchi boʻlgan Jayme Lannister bilan jang qilib jiddiy jarohatlanadi. Robert Neddan xizmatga qaytishni soʻraydi.
Ned Stark Qirolning uchta farzandi ham aslida qirolicha Cerseya va uning ukasi Jaymie Lannister oʻrtasidagi jinsiy buzuqlik samarasi ekanligini bilib qoladi. Eddard bu haqda Cerseyaga aytib beradi va bolalar bilan yaxshilikcha qochib ketish uchun vaqt beradi. Bu vaqt davomida qirolicha qirol Robert Baratheonning oʻldirilishini uyushtiradi va shahar qoʻriqchilariga pora beradi.
Robert oʻlishidan oldin Oʻgʻli voyaga yetgunga qadar Eddardni Taxt himoyachisi qilib tayinlaydi. Ushbu qarorga binoan Ned „oʻgʻlim“ soʻzlarini „qonuniy merosxoʻrim“ ga oʻzgartirdi.
Renly Baratheon unga yordam berish va malika bolalarini qamoqqa olishni taklif qiladi, ammo u rad etdi. Peter Baelish uni Joffre Baratheonni taxtga oʻtirishga va u bilan birga boʻlishga taklif qiladi. Ned Stannis Baratheonning keyingi qirol boʻlishiga yordam berishga qaror qiladi. Petir Baelish unga shahar qoʻriqchilarini qoʻllab-quvvatlashga vaʼda beradi, ammo shoh vafotidan keyin darhol unga xiyonat qiladi. Eddard xoinlik qilgani uchun hibsga olinadi va yangi qirol Joffre Baratheonning buyrugʻiga binoan Eddard Stark xoinlik ayblovi bilan boshi tanasidan judo qilindi[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Hibberd, James „HBO defends Game of Thrones shocker“. Entertainment Weekly (13-iyun 2011-yil). 2014-yil 13-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2014-yil.
- ↑ „Game of Thrones: Lord Eddard "Ned" Stark“. HBO. Qaraldi: 19-avgust 2014-yil.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Wikimedia Commonsda Ned Stark mavzusiga oid fayllar bor. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |