Neʼmat Qoʻziboyev
Neʼmat Mirzaboyevich Qoʼziboyev (1929.20.7, Fargʻona — 2004.14.5, Toshkent) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston Badiiyot akadimyasi akademik (1997), Oʻzbekiston xalq rassomi (1970). Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurti (1947) va Leningrad rassomlik, haykalta-roshlik va meʼmorlik instituti (1953)ni tugatgan. !953 yildan Respublika rassomlik bilim yur-tida, 1959-yildan Toshkent teatr va rassomlik sanʼati instituti (hozirgi Milliy rassomlik va di-zayn instituti)da pedagog, 1984-yildan professor (1985-yildan Qoʼziboyev ustaxonasi mavjud boʻlgan). Qoʼziboyev ijodi badiiy uslubining ifodaliligi bilan diqqatga sazovor; asarlarida mazmunning teranligi, davr ruhi, kishilar kayfiyatini ifodalashda mahorati namoyon boʻldi: "Oʻzboy oʻzanida", "Qidiruvchilar", "Yangi yoʻl", "Choʻponlar huzurida" kabi maishiy janrga oid asarlar, "Yunus Rajabiy", "Mirshohid Miroqilov", "Nodirabegim", "Abdulla Qodiriy" "Ibn Sino", "Beruniy". "Navoiy va Sulton Husayn", "Navoiy portreti. Qush tili" kabi portretlar, "Bahor", "Fargʻona vodiysi", "Qoʻqon manzarasi" kabi tasvirlar va boshqa
Qoʼziboyev asarlari bilan respublika va xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etgan; asarlari respublika va chet el muzeylari va xususiy toʻplamlarda saqlanadi. "El-yurt hurmati" ordeni bilan mukofotlangan (1998).
Adabiyot
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Neʼmat Qoʻziboyev (katalog), Olmaota, 2005.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |