Kontent qismiga oʻtish

Nazirulla Mannonov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nazirulla Mannonovich Mannonov (1909.15.3 – Toshkent – 1981.23.9) – olim, agronom, VASXNIL muxbir aʼzosi (1970), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1967), Mehnat Qahramoni (1957)[1]. Oʻrta Osiyo paxtachilik va ipakchilik institutini tugatgan (1933). SoyuzNIXIning Oqqovoq sugʻorish va agrotexnika markaziy stansiyasida ilmiy xodim, boʻlim mudiri (1934— 51). Toshkent viloyatidagi „Qizil Oʻzbekiston“ raisi (1951—58), SoyuzNIXI direktori (1958-61, 1966-72), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri (1961—62), Kuba hukumati huzurida bosh maslahatchi – tashkilotchi (1962— 63), OʻzSSR Qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari – fan bosh boshqarmasi boshligʻi (1972-77), 1977-81 yillarda VASXNIL Oʻrta Osiyo boʻlimi dehqonchilik va kimyolashtirish seksiyasi raisi. Ilmiy ishlari tuproq mahsuldorligini oshirish, gʻoʻza-beda va don ekinlar almashlab ekishni oʻrganish va joriy qilish, mineral oʻgʻitlar va boshqalarni koʻllash masalalariga bagʻishlangan.

  • Udobreniye xlopchatnika v sevooborote, T., 1971 (v soavtorstve).
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil