Nazarcha madrasasi
Ta'rixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Buxoroning Registon guzarida, 11 ta hujradan iborat bo‘lgan Nazarcha madrasasi sho‘rolar inqilobi davrida buzilib ketgan. Ilmii tadqiqotlarda Registon guzardan ko‘ra kuproq jarib, daha so‘zlari bilan ataladi. Aynan o‘sha Registon dahasida Nazarcha guzari joylashgan. Tadqiqotchilar mazkur madrasa shu o‘rinda joylashgan deb taxmin qilishgan. Nazarak madrasasi hijriy 1211 yili (1796-1797-yy) Amir Shohmurod davrida (Nazar) valadi Xudoynazar tomonidan bino qilingan. Madrasa faoliyatiga oid to‘rtta hujjat topilgan. Ulardan birida mudarris mehnati evaziga 7 tilla haq olgani yozilgan. Boshqa hujjatda 10-12 tilla atrofida deb ko‘rsatilgan. Sadr a’lam Muhammad Orif arznomasida Xoja Tuyg‘un guzari masjidi imomi mulla Sherg‘ozi mulla Nazarcha madrasasiga mudarrislikka tayinlangani bildirilgan. Bu hujjatda uning maoshi 8-10 tilla atrofida deyilgan.
Manba
[tahrir | manbasini tahrirlash]Бухоро таълим тизими тарихи [Матн] / А.Жуманазар. Тошкент: Акаdеmnashr, 2017. – 592 б.