Nazar Toʻrayev
Toʻrayev Nazar Yoʻldoshevich (1938. 19.5, Denov tumani — 2023-yil 3-oktyabr[1][2], Oʻzbekiston) — fizik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1988), fizikamat, fanlari doktori (1980), professor (1982). Samarqand universitetni tugatgan (1961). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutida (1961—67), Elektronika institutida (1968—77, 2000—2001), Toshkent texnika universitetida (1977—83) ishlagan. Termiz unta rektori (1983—2000). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Ilmiyoʻquv markazi direktori (2001-yildan). Ilmiy ishlari atom zarralarning qattiqjismlar sirtida sochilishi nazariyasi, ionlarning birlamchi va ikkilamchi sochilishiga oid. U nazariy fizika masalalarini kompyuterda algoritmlab yechishni Oʻzbekistonda birinchi boʻlib amalga oshirgan. Uning rahbarligida lazer nuri bilan qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlarini nurlantirish ilmiy laboratoriyalari tashkil etilgan. Oʻzbekiston Oliy Kengashi deputata (1990—95). "Mehnat shuxrati" ordeni bn mukofotlangan (1998).
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Akademik Nazar Toʻrayev 85 yoshida vafot etdi“. yuz.uz (2023-yil 3-oktyabr). 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
- ↑ „Akademik Nazar Toʻrayev vafot etdi“. oyina.uz (2023-yil 3-oktyabr). 2023-yil 10-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 3-oktyabr.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |