Kontent qismiga oʻtish

Nazalizatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nazalizatsiya — (frans. nasalisation lotincha nasus — burun), burunlanish — nutq tovushlari (asosan unlilar)ning yumshoq tanglay pasayishi va oʻpkadan chiqayotgan havo oqimining ayni bir paytda ham ogʻiz, ham burundan chiqishidan iborat artikulyasiyasi. Ogʻiz va burun rezonatorlarining ayni bir paytda qoʻzgʻalishi natijasida tovush alohida tembrga ega boʻladi. N. fonemalarning farqlanuvchi belgisi boʻla olishi mumkin; fonemalar N.si, boshqacha aytganda, burunlangan fonemalar koʻproq fransuz, polyak, portugal, hind tillarida uchraydi. Masalan, a —a, e —a va boshqa[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil