Natalya Lengauer
Natalya Lengauer | |
---|---|
Tavalludi |
20-avgust 1908-yil |
Vafoti |
10-fevral 1997-yil Kiyev, Ukraina |
Fuqaroligi | Rossiya imperiyasi SSSR Ukraina |
Kasbi | vrach |
Unvoni |
Natalya Andreyevna Lengauer (1908—1997) – Sovet tibbiyot xodimi, tez tibbiy yordam shifokori, Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1969).
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natalya Andreyevna 1908-yil 20-avgustda Rossiya imperiyasining Kefalovka qishlogʻida, hozirgi Ukrainaning Kirovograd viloyati, Dolinskaya shahrida temir yoʻl muhandisi oilasida tavallud topgan. Otasi – Andrey Ksaverevich Lengauer, Yekaterina II ning taklifiga binoan oʻsha paytdagi Rossiya imperiyasiga kelgan nemis mustamlakachilarining avlodi. Onasi – Olga Markovna Lengauer (qizlik familiyasi Chestaxovskaya), rassom Grigoriy Nikolayevich Chestaxovskiyning nabirasi, Taras Grigoryevich Shevchenkoning yaqin doʻsti.
Natalya Odessadagi yetti yillik maktabni tugatgach, 1924-yildan Jmerinka stansiyasida texnik laborant boʻlib faoliyat olib borgan. 1927-yilda Kiyev tibbiyot kollejiga oʻqishga kirgan. Keyin Kiyev tibbiyot institutining stomatologiya fakultetida oʻqishni davom ettirga va uni 1934-yilda tamomlagan.
Natalya Lengauer 1946-yilda evakuatsiyadan qaytib, Kiyev tez tibbiy yordam stansiyasiga kelgan. 1948-yilda stansiyaning bosh vrachi boʻlgan va bu lavozimda 1975-yilgacha ishlagan. 1975-yildan 1988-yilgacha – katta shifokor lavozimida faoliyat olib borgan.
50-yillarda tez tibbiy yordam stansiyasini kengaytirish boshlangan. Levoberejye va markazdan uzoqda joylashgan boshqa hududlarda vagonlarni chaqiruv joyiga tez yetkazib berish hamda oʻlim darajasini kamaytirish imkonini beruvchi podstansiyalar yaratilgan.
Natalya Andreyevna ixtisoslashtirilgan shoshilinch tibbiy yordam brigadalarini tuzishda ishtirok etgan (stansiyada ixtisoslashtirilgan guruhlar biroz ertaroq paydo boʻlgan: 1932-yilda – akusher, 1934-yilda – bolalar shifokori) – psixiatrik, nevrologik, toksikologik, shokga qarshi, bolalar intensiv terapiyasi. Ehtimol, Lengauerning eng katta yutugʻi SSSRda yaratilgan birinchi ixtisoslashgan tromboembolik guruh boʻlib, bu guruh yurak xuruji bilan ogʻrigan bemorlarga yordam koʻrsatadi. Shu sababli bu kasallikdan oʻlim darajasini sezilarli darajada kamaydi. Yurak xurujiga qarshi guruhlar soni doimiy ravishda oshib borgan. Tez orada 24 soatlik shoshilinch diagnostika laboratoriyasi ishi bilan shoshilinch kardiologiya markazi tashkil etilgan. Aynan shu yerda, SSSRda birinchi marta EKG uzatish joriy etilgan. Yangilikning dolzarbligi shundaki, oʻsha yillarda Kiyev kasalxonalarida oʻtkir miokard infarki boʻlgan bemorlarga yordam beradigan ixtisoslashtirilgan boʻlimlar yoʻq edi. Shu sababli, kardiologiya klinikasi muammoning asosiy qismini oʻz zimmasiga olgan va aytish kerakki, bu vazifani muvaffaqiyatli bajarib, miyokard infarkidan vafot etishni sezilarli darajada kamaytirgan.
N. A. Lengauer boshchiligida stansiya nafaqat Kiyevda, balki SSSRda ham ilgʻor tibbiy muassasaga aylandi. Odamlar bu yerga Ukraina, Ittifoq va boshqa mamlakatlarning koʻplab shaharlaridan oʻqish va oʻrganish uchun keldi. 1960-yildan Kiyev tez tibbiy yordam stansiyasi Respublika, 1966-yildan esa Butunittifoq malaka oshirish maktabiga aylandi[1]. 1965-yilda[2][3] stansiya JSST seminarlari uchun bazaga aylandi. 1968-yilda bu yerda shoshilinch tibbiy yordam boʻyicha 4-xalqaro kongress boʻlib oʻtdi. Xuddi shu yillarda JSST Bosh kotibi muassasaga tashrif buyurdi.
Natalya Lengauer 1997-yil 10-fevralda 89 yoshida vafot etdi va Kiyevda Lukyanovskiy qabristoniga dafn qilindi.
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Sotsialistik Mehnat Qahramoni (1969).
- Ukraina SSRda xizmat koʻrsatgan shifokor (1950).
- Ukraina SSR Oliy Kengashi Prezidiumining faxriy yorligʻi.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda Natalya Lengauer ishlagan tez tibbiy yordam binosiga yodgorlik lavhasi oʻrnatilgan.
N. A. Lengauerning Oltin yulduzi, shuningdek, ayrim shaxsiy buyumlari Kiyev tez tibbiy yordam stansiyasi muzeyida saqlanadi[3].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Будни скорой помощи“. 2015-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
- ↑ А.Вершигора,Л.Городченко,В.Єригіна,П.Набухотний, Д.Костін. . місто Київ, вул. Жилянська 87/30: "Основа", 2002 — ст.44-bet. ISBN Київській станції швидкої медичної допомоги- 100 років.
- ↑ 3,0 3,1 „Станция скорой помощи появилась в Киеве сто лет назад благодаря… Пожару в венском театре“. 2014-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-iyun.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Наталья Андреевна Ленгауэр. Организатор кардиологического скоропомощного авангарда[sayt ishlamaydi]
- ЛЕНГАУЕР Наталія Андріївна
- Из воспоминаний автора[sayt ishlamaydi]