Natalya Baykova
Natalya Borisovna Baykova (1894-yil 7-noyabr, Tbilisi — 1964-yil 11-mart, Toshkent) — Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya instituti yangi tarix sektori katta ilmiy xodimi, tarix fanlari nomzodi.
Tarjimai hol
[tahrir | manbasini tahrirlash]Natalya Baykova 1894-yil 7-noyabrda Tbilisida taniqli kriminal-huquqshunos oilasida tugʻilgan. U koʻp tarmoqli sohalar boʻyicha umumiy ta’lim oldi, xususan, bir qator Gʻarbiy Yevropa tillarini mukammal oʻrgandi. 1949-yilda Toshkent Davlat Pedagogika Institutining tarix fakultetini sirtdan tamomlagan[1].
Baykovaning ish faoliyati 1919-yilda boshlangan. 20 yildan oshiq vaqt mobaynida tarjimon va jurnalist sifatida ishlagan; xorijiy tildagi bir qator ocherk, hikoya va feletonlari 1926-yillarda va undan keyingi yillarda “Er-gʻozi”, “Guliston”, “Erkin xayot”, “Mushtum” jurnallari sahifalarida nashr etilgan. 1940-yil oktyabridan Natalya Borisovna Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasida ishladi; u yerda 1942-yil aprel oyidan boshlab Tarix va arxeologiya institutida katta ilmiy xodim sifatida faoliyat olib borgan.
1952-yilda Baykova tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun " Markaziy Osiyo masalasi tarixidan1874-yildagi Angliya-Qashqar savdo shartnomasi" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qildi[1].
Baykova Boburning “Boburnoma”si ustida ish olib borar ekan, Boburning qizi Gulbadan-Begim (“Humoyunnoma”) xotiralariga e’tibor qaratgan va oʻzbek tiliga tarjima qilgan.1962-yilda soʻzboshi bilan nashr etgan. U 16-18-asrlarda Angliya-Qashqar savdo shartnomasi va rus-hind savdo aloqalari borasida ham bir qancha qiziqarli maqolalar yozgan.
Baykova umrining soʻnggi daqiqalarigacha “Oʻrta Osiyo orqali 16-19-asrlar rus-hind munosabatlari tarixining ocherklari” nomli katta monografiyasining qoʻlyozmasi ustida ishlashni davom ettirdi. U 1964-yil 11-martda toʻsatdan olamdan oʻtdi.
Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Муминов И. М. и др. Наталья Борисовна Байкова (1894—1964) // Общественные науки в Узбекистане. — 1964. — № 4.