Kontent qismiga oʻtish

Nastarin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Nastarin, siren (Syringo) — zaytundoshlar oilasiga mansub bargi toʻkiladigan buta yoki daraxtlar turkumiga kiruvchi manzarali oʻsimlik hisoblanadi. Uning 30 turi mavjud boʻlib, asosan, Yevrosiyoda tarqalgan. Juda koʻp mamlakatlarda ekiladi. Oʻzbekistonda oddiy nastarin (s. vulgaris), fors nastarini (s. persica), xitoy N. (S. chi-enensis) va boshqa tulari oʻstiriladi. Bargi, asosan, oddiy, yaxlit, baʼzan kesik yoki patsimon qirqilgan. Guli mayda, rangi oq, pushti, qizil. Ikki jinsli, xushboʻy, toʻpguli roʻvaksimon, barg yozishi bilan bir vaqtda gullaydi. Madaniy navlari gultoʻplamining uzunligi 25—30 sm gacha boradi. Tez oʻsadi. Aprel—may (jan. rayonlarda), may—iyun (shim. rayonlar)da gullaydi. Mevasi ikki uyali koʻsak. Urugʻidan, parhish usuli bilan va qalamchasidan koʻpaytiriladi. Nastarinning turli-tuman navlari yaratilgan. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Botanika bogʻida nastarining dorivor va manzarali duragaylari, introduksiya qilingan navlari yaratilgan. Fors nastarini Toshkentda 2-marta (bahor va kuzda) gullaydi. Gulidan tayyorlanadigan ekstrakt parfyumeriya kosmetika sanoatida, yogʻochi duradgorlikda ishlatiladi [1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil