Imomiddin Nasimiy
Sayid Ali Imomiddin Nasimiy | |
---|---|
Asl ismi | Seyid İmadəddin Nəsimi |
Tavalludi |
1369 |
Vafoti |
1417 Halab, Suriya |
Taxallusi | “Husayniy”, “Sayyid Husayniy”, “Sayid” |
Ijod qilgan tillari | ozarbayjoncha, fors, arab |
Otasi | Sayid Muhammad |
Imomiddin Nasimiy – (toʻliq ismi: Sayid Ali ibn Sayid Muhammad, tugʻ. 1369, Shamaxi –1417, Halab) — Ozarbayjon shoiri, mutafakkir. "Imomiddin Nasimiy" nomi bilan mashhur.[1] Ilk ta’limini Shamaxida olgan, o’sha davr ilmlarini, dinlar tarixini, mantiq, matematika va astronomiyani oʻrgangan. Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-may 2019-yilda 211-son qaroriga binoan Imomiddin Nasimiy Ozarbayjon Respublikasida asarlari davlat mulki deb e’lon qilingan mualliflar roʻyxatiga kirgan.[2]
Nasimiy oʻzining isyonkor va hassos sheʼrlari bilan dunyoning koʻpgina mamlakatlarida mashhur. Oʻz fikr-oʻylari, tuygʻukechinmalarini xalqona sodda uslubda bayon qilgan. Nasimiy sheʼrlari bir qarashda oddiy, sodda boʻlib koʻrinsada, lekin mazmunan chuqur va badiiy yuksak. U koʻproq diniy-tasavvufiy mavzularni qalamga olib, oʻzi mansub hurufiylik gʻoyalarini ulugʻlagan. Nasimiy ozarbayjon adabiyoti tarixida mardlik, jasorat, qaqramonlik timsoli sifatida shuhrat qozongan. Lutfiy, Alisher Navoiy, Mashrab va boshqa oʻzbek shoirlari uning shaxsi va ijodiga ehtirom bilan qarashgan. "Nasoyim ul-muhabbat"d,a u turkiy mashoyixlar qatorida zikr etiladi. Qoʻlyozmalari Turkiya, Iroq, Suriya, Misr, Eronda hamda Parij, London, Kembrij, Oksford, Sankt-Peterburg, Boku, Toshkent va boshqa shaharlardagi kutubxonalarda sakdanadi. Devoni nashr qilingan (1844, 1881, 1929).
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasimiy hayoti haqida juda keng ma’lumotlar mavjud emas. Manbalarning aksariyati uning ismini Imomiddin deb ko’rsatadi, lekin Nasimiyning asl ismi Ali va Umar bo’lganini qayd etgan manbalar ham bor. Ko’pgina tadqiqotchilar uning Shamaxida,ba’zilari esa Bursada, Tabrizda, Bokuda, Diyorbakirda, hatto Sherozda tug’ilganini ta’kidlashadi.
Shoirning otasi Sayid Muhammad Shirvonda taniqli shaxslardan biri edi. Uning Shamaxida yashagani, Shoh Xandon taxallusi bilan she’r yozgani va hozirgi kunda bu nom bilan tanilgan qadimiy qabristonga dafn etilgani ma’lum. Islomdan keyingi davrda Shamaxi yirik madaniyat markazlaridan biriga aylangandi. Bu yerda ko’pgina maktab, madrasa, butun Sharqda mashhur bo’lgan she’r va musiqa majlislari faoliyat ko’rsatardi, boy ijtimoiy va shaxsiy kutubxonalar mavjud edi. poytaxtdan ozgina uzoqlikda Malham nomli yerda mashhur shoir Xoqoniy Shirvoniyning amakisi – olim va tabib Kofiddin tomonidan yaratilgan Dor ush-shifo tibbiyot akademiyasi ham faoliyat ko’rsatardi. Nasimiyning maktab yillari ana shunday muhitda o’tgan.
Nasimiy davrining mashhur oriflaridan muvofiq ilmlardan ta’lim olgach, hurufiy Fazlulloh Naimiyning xizmatida bo’lgan, uning tarbiya va ta’limlaridan bahramand bo’lgan. Barcha safarlarida o’zining shayx murshidi Naimiy bilan yo’l hamrohi bo’lgan va uning qizi bilan turmush qurgan.[3]
Shoir asarlarining tahlili shuni ko’rsatadiki, Nasimiy Shamaxida o’sha davrning eng yaxshi universitetlarining talabiga javob beradigan darajada komil tehsil olishga muvaffaq bo’lgan. U klassik Sharq va qadimiy yunon falsafasini, shuningdek, adabiyotini chuqur o’rgangan, Islom va xristianlik asoslari bilan yaqindan tanishgan, tibbiyot, astronomiya va astrologiya, matematika va mantiq ilmlarini chuqur o’zlashtirgan. U tillarni shunchalar yaxshi o’rgangan ediki, ozarbayjon, fors va arab tillarida bir xil darajada go’zal she’rlar yoza olardi. Uning ozarbayjoncha she’rlarining tili ham boyligi, ham xalq nutqiga yaqinligi bilan ajralib turgan, otalar so’zi, zarbulmasallar, hikmatli so’zlarning miqdori ko’proq edi. Nasimiyning ruboiylari Ozarbayjon xalq she’r namunalari bo’lgan bayatilarga juda yaqindir.
Nasimiy poeziyasida Ozarbayjon, shuningdek boshqa Sharq mamlakatlarining mashhur olim va shoirlarining nomlari tez-tez tilga olinadi. Bulardan Ibn Sino, Xoqoniy, Nizomiy, Falakiy, Mansur Halloj, Fazlulloh Naimiy, Shayx Muhammad Shabustariy, Ovhadi Marag’ayiy va boshqalarni misol qilish mumkin.
Hurufiylar Temur tomonidan jiddiy tazyiqlarga duchor bo’lishgan paytda Nasimiy Vatandan surgun bo’lib, Iroq, Turkiya, Suriyada yashashga majbur bo’ladi. Hurufiylik ta’limoti asosida ilgari surgan panteist g’oyalari sababli Halab shahrida qatl qilingan. Nasimiyning qatli haqida Ibn al-Imod Hanbaliy yozadi: “U hurufiylarning shayxi edi, Halabda yashardi, tarafdorlari ko’paydi, bid’ati ortdi, ish shunchalikka borib yetdiki, sulton uning o’limga hukm qildi, terisi shilinib, chormixga tortildi”. Nasimiy o’z g’oyalarini professional faylasuf sifatida alohida traktatlarda bir tizimda bermagan, chunki Miyanajining, Ibn Arabiyning keng miqyosdagi so’fiy-falsafiy asarlaridan keyin bu mazmunda traktatlar yozishga o’sha paytlar ehtiyoj bo’lmagan bo’lishi mumkin. Hurufiylikning nazariy asoslariga kelsak, Naimiy asarlarida u allaqachon keltirilgan edi.
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nasimiy til boyliklaridan g’azallarida o’ziga xos ustalik bilan foydalangan. Ba’zan shoir she’rlarini faqat xitob va iborali takrorlar bilan yozgan. Faylasuf-shoir poeziyasi juda qisqa vaqt ichida O’rta Osiyo, Turkiya va Eron xalqlari orasida shuhrat qozongan. Mansur Halloj bilan birga uning ismi o’z aqidasi yo’lida g’ayritabiiy sadoqat va jasurlik ramziga aylangan. Uning asarlari bir nechta tilga tarjima qilingan va ushbu tillarda yozgan shoirlar unga taqlid qilishgan. Nasimiy she’rlarini xalq orasida baland ovoz bilan o’qish va uning hurufiy g’oyalarini tashviq qilish bo’yicha bir qanchasi azoblarga bardosh bergan, hatto jonlaridan ham voz kechishgan.
Ijodining ilk davrlarida Nasimiy ham ustozi Naimiy kabi tasavvuf ta’limotida bo’lib, taniqli so’fiy shayxi Shibliyning ta’limotini davom ettiradi. Bu bosqichda shoir o’z asarlarini “Husayniy”, “Sayyid Husayniy”, “Sayid” taxalluslari bilan yozadi. Lekin X asrdagi so’fiy Eron faylasuf-shoiri Mansur Halloj ta’limoti Nasimiyning ruhiga yaqinroq edi. Ilk bora aynan u “Men Haqman!” degandi. Bu kabi kufr hisoblangan fikrlari uchun Mansur Halloj doim ta’qiblarga duchor bo’lgan, oqibatda hayoti dorda yakun topgandi. Aqidasi yo’lida ana shunday fidokorlikka tayyor bo’lgan Nasimiy ham Mansurga muhlis bo’lgan va o’z asarlarida uni tarannum etgan. Qiziqarlisi shundaki, shoir hurufiy ta’limotini qabul qilgach ham Hallojga bo’lgan maftunligidan qaytmagan. Bu so’zlarni muayyan ma’noda Nasimiyning uzoq muddat sodiq qolgan so’fiy falsafasi haqida ham aytish mumkin. Bu haqida Zumrud Qulizoda yozadi: ”Nasimiy ijodi markazida lirik qahramon oshiq bo’lgan, uni yuksaklarga ko’targan, komillashtirgan va o’z nuriga g’arq qilgan go’zak- Alloh turadi. Inson uchun eng yuksak, muqaddas tuyg’u ushbu suyklining visoliga yetish, unga qovushmoq, unda erib yo’q bo’lmoqdir.Shoirning yozishicha, ishqni gunoh deb biluvchilarning so’zlariga qaramay, u bu yo’ldan qaytmaydi. Chunki faqat bu yo’l insonni Tangriga, haqiqatga yetkazadi.” Keyinchalik yana yozadi: “Lekin tadrijan Nasimiy dunyoqarashida so’fiylik o’rniga hurufiylik keladi. Bu hammasidan ham oldin shoirning panteist qarashlaridagi o’zgarishda aks etadi. Bu qarashlar asosida otiq ishq va mastlik emas, harf, aql tura boshlaydi. Ana shundan boshlab Nasimiy falsafada Naimiy yaratgan hurufiylikka sig’inadi va uning asosiy muddaolarini targ’ib etadi. Faqat Nasimiy targ’ib qilgan hurufiylik hech ham Naimiy asos slogan ta’limotning takrori emas.[4][5]
Qayd etib o’tish joizki, Nasimiy devoni Ozarbayjonda 1972-yilda Hamid Muhammadzoda tomonidan chop etilgan va Eronda ham bir marta “Tun zulmatida Semurg’” nomi bilan Sayid Ali Solihning tashabbusi, 1968-yilda Husayn Ohiy, 1980-yilda Forug’iy nashriyoti vositasi va 1972-yilda esa Nashri Neiy tomonidan Jalol Pandariy sa’y-harakati bilan chop qilingan.
OMFA Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo’lyozmalar Instituti direktori muovini, filologiya fanlari doktori Posho Karimov Anqara Milliy Kutubxonasidan buyuk Ozarbayjon shoiri Imomiddin Nasimiyning ona tilidagi devonining ikki nusxasining suratini qo’lga kiritdi. 83 varaqdan iborat birinchi devon oydin nasx xati bilan ko’chirilgan. 308 varaqdan iborat bo’lgan ikkinchi devon ham tartibli va go’zal xat bilan yozilgan. Qayd etish lozimki, bu devon Nasimiyning qo’lyozma devonlari orasida eng katta hajmli devonidir. Devon boshida “Devoni hazrati Sayyid Nasimiy qaddasa sirulhul aziz” (Hazrat Sayid Nasimiyning (qabri nurga to’lsin) devoni) so’zlari yozilgan. Bu yerga 711 g’azal, 6 tarjiband, 3 masnaviy, 9 mustazod, 5 muxammas, 603 ruboiy, 3 qit’a kiradi. Diqqatni jalb etuvchi jihat shundaki, bu nusxada Nasimiyning qo’lyozma va matbuot devonlarida uchramagan bir qator she’rlar mavjud. Manbalarda shoirning hech bir muxammasiga duch kelmagan bo’lsak, bu yerda uning 5 muxammasi berilgan. Shuni qayd etish joziki, bu she’rlar hurufiylikni yoyish maqsadida Nasimiyning obro’sidan foydalangan, uning nomidan asarlar yozgan hurufiylarga ham tegishli bo’lishi mumkin.[6] Shuningdek, 2019-yilda OMFA Muhammad Fuzuliy nomidagi Qo’lyozmalar Instituti direktori muovini, filologiya fanlari doktori Posho Karimov buyuk ozarbayjon shoiri Imomiddin Nasimiy devonining-lirik she’rlar to’plamining Anqara Milliy Kutubxonada saqlanayotgan ikki qo’lyozma nusxasining suratini qo’lga kiritdi. Bu nusxalar shoirning “Husayniy” taxallusi bilan yozgan she’rlarining bo’lishi bilan diqqatni jalb etadi.
105 varaqdan iborat birinchi qo’lyozma sarlavhasi “Devoni Hazrat Sayyid Nasimiy” sifati berilsa ham bu yerdagi she’rlarning ko’pchiligi “Husayniy” taxallusi bilan yozilgan. 124 varaqdan iborat ikkinchi qo’lyozma devonida esa shoirning ham Nasimiy, ham Husayniy taxallusi bilan yozgan she’rlari bor. Nasimiy devoni suratlari, yangi qo’lga kiritilgan nusxalari shoir ijodining tadqiqi jihatidan katta qiziqish kasb etadi.[7]
Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining buyrug’i bilan 2019-yilda Buyuk Ozarbayjon shoiri Imomiddin Nasimiyning (1369 - 1417) 650 yillik yubileyi nishonlanmoqda. Imomiddin Nasimiy Ozarbayjon shoiri, o’z davrining taniqli mutafakkiri bo’lgan. Nasimiy ijodi Ozarbayjon tili va adabiyoti rivojida muhim bosqich hisoblanadi.
Shoir tirikligida asarlari Ozarbayjon, Yaqin Sharq, Iroq, Suriya, O’rta Osiyoda keng yoyilgan. Nasimiy faqat Ozarbayjona dabiyotida emas, XV asrdan boshlab butun turk adabiyotiga kuchli ta’sir ko’rsatgan. Shoir asarlari qo’lyozmalar shaklida dunyoning bir qator kutubxonalarida saqlangan.
Shoir asarlari qayta-qayta chop etilgab, u haqida tadqiqot asarlari yozilgan. UNESCO qarori bilan Nasimiy tavalludining 600 yilligi dunyo miqyosida keng nishonlanmoqda.
Xotirasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ozarbayjon Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng Ozarbayjon Milliy Fanlar Akademiyasining Tilshunoslik Institutiga Nasimiy nomi berildi.
2018-yil 15-noyabrda Ozarbayjon prezidenti kelgusi yilda Imomiddin Nasimiyning 650 yillik yubileyining nishonlanishi haqida buyruq imzoladi.[8]
2018-yil 19-noyabrda Moskva Davlat Xalqaro munosabatlar institutida Nasimiy haykalining ochilish marosimi bo’ldi.
10-may 2019-yilda Xachmazda “Chanlibel” parkida Imomiddin Nasimiy obidasining va yangi insho etilgan 35 metr balandlikdagi “Soatlar minorasi”ning ochilishi bo’ldi.
2019-yilda Kiyevda Nasimiyning haykaltarosh Sayfiddin Qurbonov tomonidan tayyorlangan haykali o’rnatildi.
2019-yil 3-iyunda Imomiddin Nasimiyning 650 yilligi bilan bog’liq Xalqaro Astronomiya Ittifoqi Mars va Yupiter sayyorlari orasida joylashgan 1995 UN2 asteroidiga Nasimiy nomi berildi.
2019-yilda Turkiyaning Byudjet va Moliya Vazirligining zarbxonasida Ozarbayjon elchixonasi tashabbusi bilan shoirning 650 yilligiga bag’ishlangan xotira pullari chiqarildi.
Ovoz berilgan she’rlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rasim Balayev - "Qaydasan"
- Rasim Balayev va boshqalar - "Menga siig’ar ikki jahon"
- Nuriddin Mehdixonli - "Menga sig’ar ikki jahon"
- Imomiddin Nasimiy - "BAHORIYYA"
She’rlariga yozilgan musiqiy asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- "Nasimiy" filmidan darveshlar qo’shig’i "İstama" - musiqa: Tofiq Quliyev
- "Nasimiy" filmidan darveshlar qo’shig’i "G’ofil, uyg’on" - musiqa: Tofiq Quliyev
- Zaynab Xanlarova – Ne ayladi
- KamolaNabiyeva –Poezd tasnifi (Ko’nglim vayronasida ganji pinhon topmisham)
- Bastakor Og’abaji Rizayeva7 romans
Nasimiyga bag’ishlangan musiqiy asarlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nasimiy dostoni - Fikrat Amirov baleti.
Filmografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Nasimiy (film, 1971)
- Nasimiy (film, 1973)
- Imomiddin Nasimiy (film, 1973)
- Menda sig’ar ikki jahon... (film, 1973)
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Adabiyotlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Asarlar, T., 1977.
- Imomiddin Nasimiy. Tanlangan asarlari I jild, II jild. Boku: "Lider";, 2004.
- Ad.:Arif M., Istoriya azerbaydjanskoy literaturi, Baku, 1971; Orasli H., Imodidsin Nasimiy (hayoti va ijodi), T., 1973. "Nasimiy va xalq poeziyasi". Mammadhusayn Tahmasb. Tanlangan asarlari 2 jildda. I jild. Boku: Mutarjim, 2010. - sah. 379-391.
- Ziyo Bunyodov. "Nasimiy tiriklayin terisi shilinib o’ldirilmagan". “Ozarbayjon sharqshunosligi” jurnali, 2009.
Eslatmalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
- ↑ Encyclopaedia Iranica. Azeri Turkish
The oldest poet of the Azeri literature known so far (and indubitably of Azeri, not of East Anatolian of Khorasani, origin) is ʿEmād-al-dīn Nasīmī (about 1369-1404, q.v.).
- ↑ „“Asarlarning davlat mulki deb e’lon qilinishi qoidalari” va “Asarlari davlat mulki deb e’’lon qilingan mualliflar va davlat mulki deb e’lon qilingan filmlar ro’yxati”ning tasdiqlanishi haqida” Ozarbayjon Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 7-may 2019-yildagi 211-sonli Qarori“ (ozarb.). 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 11-may 2019-yil.„arxiv nusxasi“. 2019-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 20-aprel.
- ↑ Said Nafisiy, 1355/335
- ↑ „Posho Karimov Anqara Milliy Kutubxonasidan ijodida Nasimiyning kuchli ta’siri bo’lgan, XVI asrda yashagan Usmoniylar shoiri Hayratiyning devoni suratini qo’lga kiritdi“.[sayt ishlamaydi][sayt ishlamaydi]
- ↑ „Posho Karimov Tehronning Mulis Kutubxonasidan buyuk Ozarbayjon shoiri Imomiddin Nasimiy devonining lirik she’rlar to’plamining qo’lyozma nusxasining suratini qo’lga kiritdi.“.
- ↑ „Posho Karimov Anqara Milliy Kutubxonasidan buyuk Ozarbayjon shoiri Imomiddin Nasimiyning ona tilidagi devonining ikki nusxasining suratini qo’lga kiritdi.“ (azorb).
- ↑ „Posho Karimov Turkiyadan Nasimiyning qo’lyozma suratini qo’lga kiritdi.“ (azorb.).
- ↑ „President.Az. "Imomiddin Nasimiyning 650 yillik yubileyining nishonlanishi haqida Ozarbayjon RespublikasiPrezidenti buyrug’i".“ (azorb.). President.az. Qaraldi: 2018-yil 15-noyabr.