Namangan stansiyasi
Oʻzbekiston temir yoʻlining Namangan shahridagi temir yoʻl stansiyasi.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Namanganda temir yoʻl transportini qurish gʻoyasi 19-asrning oxirida, yaʻni 1899-yilda Samarqand ikkinchi gildiya savdogari Rextzamer Y.A Turkiston general-gubernatoriga Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Qoʻqon stansiyasidan Namangan shahrigacha boʻlgan temir yoʻl liniyasini qurish imkoniyatini oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshirish uchun ruxsat soʻrab murojaat qildi. Rextzamerning oʻlimi tufayli gʻoya yoʻqolib ketsada, garchi koʻplab rus savdo kompaniyalari "tovarlarni qayta yuklash va unda vujudga keladigan qayta qadoqlash, yuk harajatlari, aravalar yoki tuyalarda tashishda tovarlarning zararlanishi kabi noqulayliklar, Rus zavod va fabrikalarida foydalanadigan maxsulotlarni qimmatlashishiga olib keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish" -umidida rasmiy murojatlar yuborganlar.
1903-yildan 1908-yilgacha Temir yoʻl qurilish masalasi bilan yoʻllar qurilish muhandisi hamda yirik tadbirkor va bir qator neft sohasidagi ishlanmalar muallifi Kovalevskiy A.N. shugʻullangan. Aynan u 1908-yilda Qoʻqon-Namangan yoʻli aksiyadorlik jamiyatini tuzishga ruxsat olgan va 1910-yil 15-oktabrga qadar barcha ustav kapitali kiritilib, 3 799 845 rubl miqdorida obligatsiyalar sotilgan. Qoʻqon shahrida joylashgan qorilish boshqarmasi yuqori malakali temir yoʻl muhandislari bilan taʻminlangan: yoʻl boshqaruvchisi Kobolov N.A., bosh muhandis Kriger F.F. edi. Ish 1911-yil 9-mayda boshlanib, 1912-yil iyun oyida belgilangan muddatidan bir yil oldin tugatildi. Hukumat komissiyasi 1912-yil 21-22-dekabrda Qoʻqon-Namangan liniyasini qabul qildi. 1913-yil 5-yanvardan yo'l Fargʻona nomini oldi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 iyundagi Namangan temir yoʻl vokzalini qayta rekonstruksiya qilish toʻgʻrisida"gi farmoyishiga asosan, bu yerda "Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan qayta taʻmirlash ishlari amalga oshirildi.