Kontent qismiga oʻtish

Namangan davlat pedagogika instituti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Namangan davlat pedagogika instituti
Namangan state pedagogical institute
Xalqaro nomi
Namangan state University
Turi Institut
Asos solingan sanasi 2022-yil
Rektori Xusanov Baxodir Ergashevich
Bakalavriat 2560 (2023)
Magistratura 98 (2023)
Manzili
Namangan viloyati, Namangan shaxar, Uychi ko'chasi, 316-uy
Veb-sayti www.namspi.uz

Namangan davlat pedagogika instituti – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289 sonli „Pedagogik taʼlim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi Qaroriga asosan Namangan davlat pedagogika instituti tashkil etildi[1].

Institutda pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, pedagogika sohasida taʼlim, ilm-fan va amaliyot uygʻunligini taʼminlash maqsadida, Namangan davlat universiteti pedagogika taʼlim sohasining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklari negizida Namangan davlat pedagogika institutini tashkil etish belgilab qoʻyilgan.

Hozirgi davrda bakalavriat bosqichida 2560 nafar, magistratura bosqichida 98 nafar talaba tahsil olmoqda. Institutda 105 nafar professor-oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda.

Xusanov Baxodir Ergashevich – Namangan davlat pedagogika instituti rektori, Falsafa fanlari nomzodi, dotsent.

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich – Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor, Kimyo fanlari nomzodi, dotsent.

Isoqboyev Alisher Axmadjonovich-Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektor, Tarix fanlari nomzodi, dotsent.

Institutda 3 ta fakultet mavjud:

  • Pedagogika;
  • Ijtimoiy fanlar;
  • Aniq va tabiiy fanlar.

Ularda jami 15 ta taʼlim yoʻnalishida taʼlim berilmoqda.

Kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha:

  1. Pedagogika;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Boshlangʻich taʼlim;
  4. Kimyo;
  5. Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari;
  6. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
  7. Musiqa taʼlimi;
  8. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
  9. Oʻzga tilli guruhlarda rus tili (oʻzbek guruhlari uchun);
  10. Milliy gʻoya, maʼnaviyat asoslari va huquq taʼlimi;
  11. Jismoniy madaniyat;
  12. Texnologik taʼlim;
  13. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili);
  14. Maxsus pedagogika: logopediya;
  15. Pedagogika (rus);
  16. Maktabgacha taʼlim (rus);
  17. Boshlangʻich taʼlim (rus);
  18. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi (rus);
  19. Jismoniy madaniyat (rus);

Sirtqi taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Pedagogika;
  2. Maktabgacha taʼlim;
  3. Boshlangʻich taʼlim;
  4. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda jismoniy tarbiya va sport;
  5. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi;
  6. Musiqa taʼlimi;
  7. Jismoniy madaniyat;
  8. Texnologik taʼlim;
  9. Maktabgacha taʼlim (rus);
  10. Boshlangʻich taʼlim (rus);

Kechki taʼlim

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Maktabgacha va boshlangʻich taʼlimda xorijiy til (ingliz tili)

Magistratura mutaxassisliklari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi boʻyicha);
  2. Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha taʼlim);
  3. Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlangʻich taʼlim);
  4. Taʼlim muassasalarining boshqaruvi;
  5. Tasviriy sanʼat va amaliy bezak sanʼati;
  6. Musiqa taʼlimi va sanʼat;
  7. Jismoniy tarbiya va sport mashgʻulotlari nazariyasi va metodikasi;
  8. Ona tili va adabiyoti: rus tili va adabiyoti;
  9. Ijtimoiy fanlarni oʻqitish metodikasi;

Qoʻshimcha maʼlumotlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Telefon: +998 69 211 11 69

Sayt: www.namspi.uz

Facebook: www.fb.com/namspi.uz

Instagram: www.instagram.com/namspi.uz

Youtube: www.bit.ly/3wIdW85

Twitter: www.twitter.com/namspi

Murojaatlar uchun: www.t.me/NamSPIbot