Kontent qismiga oʻtish

Naftenlar

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Siklobutanning fazoviy koʻrinishi

Naftenlar (sikloalkanlar, siklanlar, yoki sikloparafinlar deb ham nomlanadi) (yun. naphtha — neft) - siklopentan va siklogeksan qatorining toʻyingan alitsiklik uglevodorodlari, shuningdek, molekulasida 2 tadan 5 tagacha qalqasi boʻlgan murakkab bi- va politsiklik uglevodorodlar.[1] Umumiy formulasi SpN2p. Toʻyingan uglevodorodlardan molekulasidagi uglerod atomlarining siklik (halqa hosil qilib) joylanishi bilan farq qiladi. Asosiy manbai — neft.

Neftda, sikli (halqasi)da 5 va 6 ta uglerod atom boʻlib, tabiatda birmuncha koʻp tarqalgan naftenlar bor. Siklida 6 ta uglerod atomi boʻladigan naftenlar — geksametilenlar (siklogeksan va uning gomologlari) muhim. Ular neftni haydash yoʻli bilan olinadi. Katalitik kreking jarayonida aromatik yoki toʻyinmagan uglevodorodlarga aylanadi. Naftenlar motor yonilgʻilarining tarkibiy qismi hisoblanadi.

Ochiq zanjirli uglevodorodlar bilan birga yopiq (siklik) zanjirli toʻyingan u.v lar ham bor.Ularning bir necha xil nomi bor: sikloalkanlar, sikloparafinlar, polimetilenlar, siklanlar, naftenlar. Umumiy formulasi: CnH2n boʻlib, n=2 va undan katta. S. Boku neft idan Markovnikov tomonidan ajratib olingan va mukammal oʻrganilgan. Ular kimyoviy xossa siga koʻra alkanlar ga yaqin turadi: yonuvchan, kimyoviy aktivligi kam, vodorod atomlari oʻrnini galogenlar olishi mumkin. S. va ularning gomolloglari karbosiklik birikmalar qatoriga kiradi.

Siklanlarning gomologik qatori

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Siklopropan
  • S.butan
  • S.pentan
  • S.geksan
  • S.geptan
  • S.oktan
  • S.nonan
  • S.dekan
  1. "Naftenlar". Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent.