Kontent qismiga oʻtish

Nabijon Xalilov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Xalilov Nabijon (6-yanvar 1922-yil, Qoʻqon – 7-iyul 2002-yil , Toshkent) – dirijyor, kompozitor. Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Nabijon Xalilov Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1956). Bundan tashqari,Nabijon Xalilov ikkinchi jahon urushi qatnashchisi hisoblanadi (1941-45). Hamza teatrida musiqa boʻlimi boshligʻi (1952-1956), Oʻzbek davlat filarmoniyasida simfonik orkestr dirijyori (1957-64), „Uzbekistan“ ashula va raqs ansamblining badiiy rahbari (1965-1968), 1968-yildan Muqimiy teatrida bosh dirijyor sifatida oʻnlab spektakllarni sahnalashtirgan. Ayni paytda, Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida oʻqituvchi (1968-yildan), professor (1989-yildan), kafedra mudiri (1970-1991). „Baxt toʻyi“ (Yo. Mirzo), A. Muhamedov bilan hamkorlikda „Olifta“ (F. Musajonov), „Dilafruzga toʻrt oshiq“ (T. Minnulin), „Sehrli uzuk“ (S. Qoriyev), „Toshkentga sayohat“ (B. Darvesh) kabi musiqali drama va komediyalar musiqasini, shuningdek, „Jon Oʻzbekiston“ vokalraqs syuitasi, „Nido“ yukalsimfonik poemasi, „Toshkent gullari“, „Sevgilim-bahorim“ va boshqa bir qator qoʻshiqlarni yozgan[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil