Kontent qismiga oʻtish

NTT (telekanal)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
NTT
Nodavlat Telekanallar Teletarmogʻi
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Namoyish vaqti tunu-kun
Namoyish hududi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til(lar)i asosan oʻzbekcha, shuningdek boshqa tillar
Boshqaruv markazi Toshkent
Mazmuni universal
Efirga chiqqan 2009-yil
Efirdan uzilgan 2013-yil 21-oktyabr
Efirdan uzilish sababi profilaktik ishlar ketmoqda deyilgan ammo aniq sabab aytilmagan
Tomoshabinlar 26 milliondan koʻp
Asoschisi Gulnora Karimova
Egasi Gulnora Karimova
Aloqador telekanallar Forum TV
TV Markaz
Sof TV

NTT (toʻliq nomi: Nodavlat telekanallar teletarmogʻi) – Oʻzbekistondagi faoliyati toʻxtatilgan nodavlat telekanal. 2009-yil ishga tushirilgan, 2013-yil 21-oktyabr kuni soat 10:00 atrofida Forum TV, TV Markaz, Sof TV kanallari bilan birga efirdan uzib qoʻyilgan[1]. Telekanal egasi Gulnora Karimovadir. Kanal asosan Gulnora Karimovaga tegishli boʻlgan „Fond Forum“ faoliyatini yoritgan[1], shuningdek, viloyatlarda faoliyat yuritgan nodavlat telekanallardan lavhalar berib borgan. Kanal uzilib qoʻyilishining sabablari avvaliga hech kimga tushuntirilmagan[1], keyiroq profilaktik ishlar ketayotganligi aytilgan va kanal boshqa nom bilan qayta ishga tushirilishi eʼlon qilingan[2]. 2014-yil avgust oyida telekanal „Sevimli“ nomi bilan qayta efirga uzatilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqatilgan[3].