NF
NF (Real Music) | |
---|---|
Tavalludi |
Nathan John Feuerstein 1991-yil, 30-mart |
Janrlar | Rep, Hip-Hop |
Kasbi | Reper, musiqachi, bastakor |
Leybllar | Real Music |
Fuqaroligi | Amerika fuqarosi |
Turmush oʻrtogʻi | Bridgette Doremus (2018, sentabr) |
Veb-sayt | NFRealMusic.com |
Nathan John Feuerstein — (1991-yil 30-martda tugʻilgan) ismining bosh harflari hisoblangan NF taxallusi bilan tanilgan (ИF sifatida uslublangan) amerikalik Hayoti (bastakor, shoir va muallif). Uning ikkita EPi (EP — extended play (qoʻshma albom)) albomi mavjud, bular: I’m Free (2012)[1] va 2014-yilda Capitol CMG musiqiy guruh bilan yozilgan va ushbu jamoa nomi bilan eʼlon qilingan albomdir. Yuqorida sanab oʻtilgan misollardan tashqari, ijodkor 5 ta shaxsiy studiosida yozilgan albomlariga ega.
Moments (2010), Mansion (2015), Therapy Session (2016), Perception (2017) va The Search (2019)[2] albomlari shular jumlasidandir. Ushbu Hayoti 2021-yilda Clouds (The Clouds) nomi ostidagi miksteyp (mixtape — hikoya tarzida oʻqib beriladigan rep) albomini muxlislariga taqdim etdi. U yaratgan bir qancha albomlar yuqori darajadagi musiqiy sovrinlarga sazovor boʻlgan.
Jumladan, Yilning eng yaxshi rap/hip-hop albomi uchun Gospel Music Association Dove Award sovrini (Therapy Session albomi — 2016) hamda Billboard 200 chart (eng mashhur top musiqalar roʻyxati)da, ilk debyutidayoq, 2ta treki („Perception“ va "The Search") joy oladi. Bundan tashqari, uning "Let You Down" nomli musiqasi Amerika Qoʻshma Shtatlaridagi 6x-platinum xalqaro miqyosdagi sertifikatiga ega boʻladi.
Yoshligi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Nathan John Feuerstein 1991-yilning 30-martida Michigan shtatining Gladvin shahrida tavallud topgan[3]. Uning ota-onasi ajrashishgan. Onasining yangi mashuqi yosh Nathanni haqorat qilgani uchun otasi uni oʻzi bilan olib ketadi.[4] Uning onasi 2009-yilda narkotikning juda yuqori dozasidan vafot etadi. Aynan ushbu voqea NF'ning "How Could You Leave us" (Bizni qanday tashlab ketdingiz)" musiqasi yaratilishiga sabab boʻladi[5]. Yosh ijodkor 2009-yilda Gladvin oʻrta maktabini tamomlagan. U oʻz maktabidagi basketbol jamoasining yetakchi oʻyinchilaridan biri boʻlgan[6]. NF oʻz faoliyatini Michigan shtatining Kanton shahridagi "Cherkovlar uyushmasi"(Connection Church) tomonidan tashkil etilgan Tasviriy sanʼat festivalida boshlagan[7].
Ijodi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzining taʼkidlashicha, bolaligida rep uning uchun, shunchaki, ermak hisoblangan. U oʻzining karaoke uchun moʻljallangan qurilmasida qoʻshiq yozardi. 2010-yilning 29-noyabrida NF, mustaqil ravishda, oʻzining haqiqiy taxallusi ostida „Moments“ debyut studiyaviy albomini chiqaradi. 2011-yil 2-avgustda u oʻzining "Alone" nomi ostidagi debyut yakkaijro musiqasini ommaga taqdim etadi. Musiqa muallif hamda produser Tommi Profitt va Bruk Griffitʼlar tomonidan yaratilgan. 2012-yilda NF'ning yaratgan musiqalari "Xist Music" tashkiloti eʼtiborini tortadi. U 2012-yil 2-mayda, Profitt produserligi ostida, „I’m Free“ (Men erkinman) ilk professional albomini ommga taqdim etadi. Roʻyxatda toʻqqizta qoʻshiq mavjud boʻlib, shu jumladan "Alone" musiqasi ham albomdan joy olishga erishgan.
Ijdorkor Capitol Christian Music Group bilan hamkorikda yaratilgan EP albomi (2014)da bir qancha treklar ijro etadi. Ushbu loyiha uning Billboard tanlovidagi eng yutuqli chiqishi hisoblanadi. U ushbu ijrosi bilan Xristian albomlari turnirida 1-oʻrinni qoʻlga kiritadi. Top Gospel albomida 4-oʻrinni va "Top Rap Albums"da № 15-oʻrinni qoʻlga kiritadi[8][9]. CCM jurnali EP albomini koʻrib chiqadi va uni toʻrt yulduz bilan taqdirlaydi[10]. Uning birinchi studiyaviy albomi hisoblanmish Mansion 2015-yil 31-martda Capitol CMG tomonidan muhlislarga taqdim etilgan.
NF'ning 2016-yil 22-aprelida ommaga havol etilgan "I Just Wanna Know" va "Real" musiqalari Therapy Session — ikkinchi studiyaviy albomi tarkibidan, yakka holda ijro etilgan treklar sifatida joy oladi[11][12]. „Warm Up“ treki albomdan tashqari ijro etilgan tarona sifatida, 2016-yil 8-sentabrda, chiqariladi[13]. 2017-yil 6-oktabrda NF oʻzining uchinchi studiyaviy albomi — "Perception"ni eʼlon qiladi[14]. Albom Billboard 200 tanlovida 1-oʻrinni egallaydi. Perception albomi muvaffaqiyatidan soʻng, u 2018-yil oʻrtalarida rapperlar Logic va Kyle bilan musiqiy gastrol safariga chiqayotganini eʼlon qiladi. Ushbu albom 2019-yil 11-yanvarda RIAA tomonidan 1 000 000 donadan ortiq sotilgan plastinka sertifikatiga ega boʻladi. Uning "Destiny" musiqasi MLB The Show 18 videooʻyiniga kiritilgan[15].
2018-yilda 19-yanvarda „No Name“ nomli yakkaxon ijrodagi musiqasini muxlislariga havola etadi[16]. Keyinchalik, u toʻrtinchi studiyaviy albomidan oldingi birinchi yakka ijro etilgan "WHY" musiqasini eʼlon qiladi. 2019-yil 30-mayda u albomning "The Search" nomli trekini chiqardi. Keyinchalik u yana ikkita musiqasi, 27-iyunda "When I Grow Up" va 12-iyulda „Time“ni chiqaradi. The Search treki esa 26-iyul kuni eʼlon qilinadi. 2019-yil 3-dekabrda NF "Paid My Dues" trekini hamda ushbu musiqa uchun klipini ham ommaga namoyish etadi[17]. 2020-yil oktabr oyida NF albomdan tashqari "Chasing_(Demo)" musiqasi orqali yangi albomdan parcha taqdim etgan holda ijdoga qaytadi. 2021-yil 18-fevralda NF „Clouds“ musiqasi va ushbu musiqaga ishlangan klipni ham ommaga taqdim etadi. 2021-yil 26-mart sanasida chiqishi rejalashtirilgan xuddi shu nomdagi miksteyp (mixtape) albomi ham eʼlon qiladi. Miksteypda "Paid My Dues" yakka ijro taronasi hamda Hayotilar Xopsin (Lost/LOST) va Tech N9ne (Trust/TRUST) bilan duet treklarini[18][19] oʻz muxlislariga taqdim etadi. 2021-yil 26-martda Clouds (Mixtape) albomi omma yuzini koʻradi.
Uslubi
[tahrir | manbasini tahrirlash]NF oʻzining ijodiga „rep xudosi“ laqabini olgan Eminemning taʼsiri yuqori deb hisoblashini hamda, avvalari, uning barcha musiqalarini tinglaganini taʼkidlab oʻtgan.
NF uslubi, shuningdek, Logic va Machine Gun Kelly uslublari bilan oʻxshash deya taʼriflangan. Garchi u oʻz yoʻnalishini xristian musiqasidan olgan boʻlsa-da, oʻzining nasroniy Hayoti ekanligini rad etgan holda: "Men nasroniyman, lekin men nasroniylar musiqasini yaratmayman. Siz hammaga bitta birdek yoqa olmaysiz. Men haqiqiy hayotim haqida yozaman.",deya izoh berib oʻtgan[20].
Konsertlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Therapy Session tour (2017)[21]
- Perception Tour (2018)[22]
- Perception World Tour (2018)[23]
- The Search Tour (2019)[24]
- Clouds Tour (2021)[25]
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Feyershteyn 2018yil sentabr oyi boshida Bridgette Doremus bilan turmush qurgan.
Studiyaviy albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarlavha | Albom tafsilotlari | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Sertifikatlar | |||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AQSh |
AQSh xrist. |
AVS |
BEL |
KAN |
DAN |
NID |
NOR |
ShVE |
B.Brt. | |||
Moments (NF taxallusi ostida) |
|
— | — | — | — | — | — | — | — | — | — | |
Mansion |
|
62 | 1 | — | — | — | — | — | — | — | — |
|
Therapy Session |
|
12 | 1 | — | — | 43 | — | — | — | — | — | |
Perception |
|
1 | — | 73 | 89 | 14 | 8 | 82 | 10 | 22 | — |
|
The Search |
|
1 | — | 3 | 10 | 4 | 10 | 6 | 11 | 35 | 7 |
|
EPs albomlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarlavha | EP tafsilotlari | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | |||
---|---|---|---|---|---|
AQSh xrist. |
AQSh |
AQSH Rap |
B.Brit. | ||
I’m Free<ref name="IFEPG"> |
|
— | — | — | — |
NF |
|
12 | 4 | 15 | 9 |
Miksteyp
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sarlavha | Albom tafsilotlari | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | ||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AQSh |
AQSh R&B/HH |
AVS < |
KAN |
DAN |
FIN |
Ya.Z |
ShVe |
B.Brit | ||
Clouds |
|
3 | 2 | 5 | 6 | 35 | 16 | 11 | 27 | 12 |
Boshqa chart yoki sertifikatga ega qoʻshiqlar roʻyxati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Sovrin | Yil | Grafikdagi eng yuqori pozitsiyalar | Mukofotlar | Albom | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
AQSh |
AQSh Xrist. |
AQSh DigitalAQSh |
KAN |
IRL |
Ya.Z | ||||
"Wake Up" | 2015 | — | 49 | 40 | — | — | — |
|
Mansion |
"Mansion" | — | 30 | 44 | — | — | — |
| ||
"I’ll Keep On" | — | 19 | 14 | — | — | — | |||
"Notepad" | — | 44 | — | — | — | — | |||
"Grindinʼ"< | 2016 | — | 19 | 46 | — | — | — |
|
Therapy Session |
"Therapy Session" | — | 19 | 14 | — | — | — |
| ||
"Oh Lord" | — | 20 | 14 | — | — | — |
| ||
"How Could You Leave Us" | — | 23 | 11 | — | — | — |
| ||
"Got You on My Mind" | — | 29 | 31 | — | — | — |
| ||
"Lost in the Moment" | — | 33 | 38 | — | — | — |
| ||
"Breathe" | — | 36 | — | — | — | — | |||
"Statement" | — | 38 | — | — | — | — | |||
"All I Do" | — | 39 | — | — | — | — | |||
"I Can Feel It" | — | 43 | — | — | — | — | |||
"Wish You Wouldnʼt" | — | 44 | — | — | — | — | |||
"Can You Hold Me" | — | 34 | — | — | — | — |
|
Mansion | |
"Outcast" | 2017 | — | — | — | — | — | — |
|
Perception |
"10 Feet Down" | — | — | — | — | — | — |
| ||
"Intro III" | — | — | — | — | — | — |
| ||
"You’re Special" | — | — | — | — | — | — |
| ||
"Leave Me Alone" | 2019 | 85 | — | — | 68 | 94 | 12 |
|
The Search |
"Change" | — | — | — | — | — | 23 |
| ||
"Only" | — | — | — | — | — | 26 |
| ||
"My Stress" | — | — | — | — | — | — |
| ||
"Hate Myself" | — | — | — | — | — | — |
| ||
"Thatʼs a Joke" | 2021 | — | — | — | — | — | 29 | Clouds (The Mixtape) | |
"Just Like You" | — | — | — | 81 | — | 8 | |||
"Drifting" | — | — | — | — | — | 21 | |||
"Trust" | — | — | — | — | — | 24 |
Sarlavha | Yil | Mualliflar(lar) |
---|---|---|
„Menda bor narsa“ | 2014-yil | |
„Wake Up“ | 2015-yil | Jon Jon Augustavo |
„Intro“ | ||
„Notepad“ | ||
„Kutmoq“ | ||
„Intro 2“ | 2016-yil | |
„MI Just Wanna Knoe“ | Patrik Toxill | |
„Real“ | ||
„Grindinʼ (Marty bilan)“ | ||
„Therapy session“ | Patrik Tohill | |
„Warm Up“ | ||
„How Could You Leave Us“ | 2017-yil | |
„Outro“ | ||
„Green Lights“ | Patrik Tohill va NF | |
„Outcast“ | ||
„Let You Down“ | ||
„No Name“ | 2018-yil | |
„WHY“ | ||
„If You Want Love“ | ||
„The Search“ | 2019-yil | |
„When I Grow Up“ | ||
„Time“ | ||
„Leave Me Alone“ | ||
„Paid My Dues“ | ||
„Clouds“ | 2021-yil | |
„Lost (Xopsin bilan)“ | ||
„Story“ |
Mukofotlar va nominatsiyalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Yil | Tashkilot | Nomzod | Mukofot | Natija |
---|---|---|---|---|
2016-yil | „I Just Wanna Know“ | Rep/Hip Hop Yozilgan Qoʻshiq
yilning |
Nominatsiya | |
Therapy Session | Yilning rap/hip-hop albomi | Gʻolib | ||
2017-yil | „Oh, Lord“ | Yilning eng zoʻr Rep/Hip Hop qoʻshigʻi | Gʻolib | |
2019-yil | Ijodkorning oʻzi | Yilning eng yaxshi yangi pop ijrochisi | Nominatsiya |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Genius.com, albums, NF, Im free“.
- ↑ „2019.05, NF, The Search new album cover release date revealed“.
- ↑ „Ijodkor biografiyasi, Allmusic.com sayti“.
- ↑ „HipHop artist NF mixes music with a powerful message“.
- ↑ „NF pens heartbreaking song to his mom who died from overdose“. 2018-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „Heating up the hardwood, gladwinmi.com sayti“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „How NF became the 1st HipHop artist on capitol cmg, Rapzilla.com sayti“. 2017-yil 2-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „Artist Index: August 23, 2014“ (PDF). Billboard. 23-avgust 2014-yil. Qaraldi: 12-fevral 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „HipHop and Rap artist NF's awards list, Allmusic.com“.
- ↑ Conner, Matt (15-oktabr 2014-yil). „Nate Feuerstein: NF (EP)“. CCM Magazine. Qaraldi: 27-fevral 2015-yil.
{{cite magazine}}
: CS1 maint: date format () - ↑ „NF reveals release date of new album Therapy Session“. 2018-yil 15-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „NF christian raps new reluctant hero“.
- ↑ Sarachik, Justin. NF Releases New Single 'Warm Up'.
- ↑ „Nathan Feuerstein - NF perception tom petty billboard“.
- ↑ „MLB the show 18 Aaron judges cover latest trailers and soundtrack“.
- ↑ „NF - No Name music video“.
- ↑ „NF stands up for himself in surprise new single and music video Paid My Dues“.
- ↑ „NF announces new mixtape with Clouds single new song“.
- ↑ „NF returns with new single clouds announces 10 track mixtape“.
- ↑ „NF style not future christian HipHop please“. 2019-yil 30-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „NF announces 2017 Therapy Session tour dates“.
- ↑ „NF announces 2018 perception tour dates and preorder“.
- ↑ „NF announces perception world tour“.
- ↑ „NF announces 2020 dates the search tour“. 2022-yil 31-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 31-may.
- ↑ „NF - Nate Feuerstein and Clouds tour“.