Mutlaq nol
Qiyofa
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mutlaq nol — Selsiy shkalasi jadvali boʻyicha olingan nol temperaturadan 273,16° pastda yotgan nuqta; termodinamik temperatura shkalasida temperatura hisobining boshi. Odatda, suvning uchlama nuqtasi deb qabul qilingan Mutlaq nolda modda molekulalarining tartibsiz issiqlik harakati toʻxtaydi. Mutlaq nolga juda yaqin temperaturalarda geliydan boshqa hamma moddalar qattiq kristall holatda boʻladi. Geliy oʻta oquvchan, bir qator metal lar esa oʻta elektr oʻtkazuvchan boʻlib qoladi. Mutlaq nolda jism entropiyash nolga teng boʻladi, demak, issik/ihk sigʻimlari, issiklikdan kengayish koeffi-siyentlari kabi termodinamik miqdorlar ham nolga teng boʻladi. Hech qanday usul bilan Mutlaq nol temperaturaga amalda erishish mumkin emas.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |