Musika uquvi
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Musika uquvi - insonning musiqa asaridagi tovushlar (balandpastlik, metr, ritm, tembr xususiyatlari)ni eshita bilish, ularning izchillik mazmunini tushunib ovoz yoki biror cholgʻuda ijro eta olish qobiliyati. Musika uquvining asosiy ikki pogonasini ajratib koʻrsatish mumkin. Musiqiy fiziologiya nuqtai nazaridan Musika uquvi bu tovushlarni eshita olish apparatidir. U keng diapazoni hamda tovushlarning oʻzgaruviga oʻta sezgirligi bilan belgilanadi. Musika uquvi orqali odam musiqatovushlarining balandligini (16 dan taxminan 20000 g(<gacha, sent hisobida), kuchi (detsibel hisobida), tusi (tembrni) va davomiyligini ajrata oladi. Bunda absolyut (mutlaq, yaʼni tovushlar balandligini boshqa tovushlar balandligiga taqqoslamasdan idrok etish) va nisbiy Musika uquvi ajratiladi. Musiqiy psixologiya nuqtai nazaridan Musika uquvi musiqiy tovushlarning funksional nisbatlari, badiiy xususiyatlarini idrok etish krbiliyati: lad hissi (kuy tovushlaridagi lad funksiyalarini ajratish qobiliyati), garmonik uquv (koʻp ovozli musiqani idrok etish, interval va akkordlarnnj xususiyatlarini his etish qobiliyati), intonatsiya uquvi (maʼlum yao/tomlardagi intonatsiyani, undagi tovushlarning baland-pastligini hamda ogʻishmalarini eshitish va takrorlash qobiliyati), tembr uquvi (ovoz yoki cholgʻu sadolarining birbiridan farqini ajratish qobiliyati), kompozitsiya hissi (musiqa asaridagi shakliy tuzilmalarning oʻzaro nisbatlarini idrok etish) va boshqa Illy bilan birga musiqa asarini eshitmay, ijro etmay turib uni nota yozuvitsan oʻqib tasavvur eta olish hamda ijro jarayonida kuy va asarni xotirada yaratish ichki Musika uquviga kiradi. Musika uquvini rivojlantiradigan maxsus oʻquv fani solfeji-odir. Musika uquvini oʻrganish tarixi Yevropa ilmida 19-asrning 2-yarmidan boshlangan (G. Gelmgols, K. Shtumpf). 20-asrda N. Garbuzov, P. Baranovskiy, Ye. Yuskevichlar Musika uquvining nisbiyligini isbotlab berdi (qarang Zona). K. Sishor (AQSH), B. Teplov, Ye. Nazaykinskiy (Rossiya), Oʻzbekistonda — L. Koval Musika uquvini oʻrganishga katta hissa qoʻshdilar. Musika uquvi xususiyatlari yangi (ayniqsa, elektron) musiqa cholgʻularini ishlab chiqishda, konsert zallarini qurish, radio, televideniye yozuvlarida eʼtiborga olinadi (yana qarang Akustika, musiqa k,ismi).
Olimjon Bekov.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |