Murtazo Rahmatov
Murtazo Rahmatov | |
---|---|
Tavalludi | 1958-yil 15-may |
Mukofotlari | "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi" faxriy unvoni |
Murtazo Rahmatov Axmedovich (1958-yilning 15-may kunida tavallud topgan) — Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi aʼzosi, Buxoro viloyati „Bukhara Cotton Textile Cluster“ paxta-toʻqimachilik korxonasi rahbari hamda O‘zbekiston paxta-toʻqimachilik klasteri uyushmasi raisi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Tarjimai holi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Murtaza Raxmatov 1958-yilning 15-may sanasida tavallud topgan. Millati oʻzbek. Maʼlumoti oliy va mutaxassisligi boʻyicha iqtisodchi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Quyi Chirchiq tumanida ish olib boruvchi „TCT cluster“ korxonasini yoʻlga qoʻygan[1][2]. Keyinchalik ikkinchi klasterini 2019-yilda, SSSR davridan qolgan Buxoro paxta zavodi oʻrnida qayta ishga tushiradi va „Bukhara Cotton Textile Cluster“ nomi bilan faoliyat yurita boshladi. Klaster jinsi ishlab chiqarish hamda eksport qilishga yoʻnaltirilgan[3]. Hukumatning 2020-yil 12-maydagi 769-son qaroriga muvofiq „Oʻzbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari“ uyushmasi raisi ish lavozimiga tayinlandi[4][5].
2020-2021 oʻquv yilidan boshlab Senator stipendiyasini taʼsis etadi. Ilk stipendiya sohibi esa Toshkent davlat yuridik universiteti 1 bosqich talabasi boʻladi.
Murtazo Rahmatov stipendiya topshirish jarayonida shunday degan:
Konfutsiyning shunday hikmati bor: „Agar sen xalqingni bir yil boqmoqchi boʻlsang, bugʻdoy ek, oʻn yil boqmoqchi boʻlsang, daraxt koʻkartir, asrlar davomida boqmoqchi boʻlsang, ilm, bilim yuksaltir“
— Murtazo Rahmatov, [6]
2021-yilga kelib „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unvonini qoʻlga kiritdi[7].
Iqtisodiyot fanlari doktori Murtazo Axmedovich hamda biologiya fanlari doktori, akademik, professor Baxridin Zaripov bilan birgalikda „Cotton-Textile Cluster — losomotive of the economic development“ („Paxta-toʻqimachilik klasteri — iqtisodiy taraqqiyot lokomotivi“ kitobini Germaniyaga bosib chiqarishadi[8].
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Senator - klaster rahbari: «Fermerlik tizimi zamon talablariga javob bermay qo‘ydi»“ (2020-yil 3-mart).
- ↑ „Senator «O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasiga rahbar bo‘ldi“ (2020-yil 7-dekabr).
- ↑ „Buxoroda faoliyati tugatilgan zavod qanday qilib Jinsi klasteri tariqasida “qayta tug‘ildi” va endi o‘z brendini rivojlantirmoqda“ (28-yanvar 2021-yil).
- ↑ https://t.me/uzauz/702 UzA.uz telegram kanali
- ↑ „“O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasiga rahbar tayinlandi“ (2020-yil 7-dekabr).
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2024-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 2-may.
- ↑ „Raxmatov Murtaza Axmedovich“.
- ↑ „Yoxud o‘zbek olimlarining O‘zbekiston klaster tizimi haqidagi asari yetti tilda chop etildi“.