Kontent qismiga oʻtish

Muraysi gʻazoti

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muraysi gʻazoti
Sanalar 627-yil dekabr (hijriy 6-yil)
Urush yeri Al-Muraysi, Makka va Madina oʻrtasidagi vodiy
Natija Musulmonlar gʻalaba qozongan[1]
Qoʻmondonlar
Muhammad
Abu Bakr Siddiq
Ali
Umar
Uboda ibn al-Somit
Sad ibn Ubada
Horisa ibn Abu Diror †
Kuchlar
Nomaʼlum (musulmonlarning ustunligi) Nomaʼlum

Al-Muraysi gʻazoti (arabcha: غزوة المريسيع) milodiy 627-yilning dekabr oyida musulmonlarning Banu Mustaliq qabilasiga qarshi yurishi hisoblanadi[2][3].

Dastlabki hujum

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Islomiy manbalarga koʻra, Banu Mustaliq qabilasi musulmonlarga qarshi Uhud jangida Qurayshni qoʻllab-quvvatlagan va ularning safiga qoʻshilgan. Qabila vakillari Makkaga olib boradigan asosiy yoʻlni boshqargan, bu esa musulmonlarning shaharga yetib borishlariga toʻsqinlik qilgan[4].

Muhammad Zu Qarod gʻazotidan qaytganidan ikki oy oʻtib, Banu Mustaliq qabilasi unga hujum qilishga hozirlik koʻrayotgani haqidagi mish-mishlarni eshita boshlaydi. Ushbu maʼlumotning haqiqiy yoki yolgʻon ekanligini aniqlash maqsadida Muhammad Burayda ibn al-Hasib al-Aslamiy ismli kishini yuboradi. Bu paytda Banu Mustaliq ham Muhammadning ularga qarshi hujum qilishga tayyorlanayotganiga ishongan edi. Shuning uchun ular ham musulmonlar tomonga oʻz aygʻoqchilarini yuboradi, biroq ularning odamlari musulmonlar tomonidan qoʻlga olinib, oʻldiriladi[4].

Banu Mustaliq qabilasi aʼzolari qarshi tomonni eʼtiborsiz qoldirib, chorva mollariga suv ichirayotgan paytda musulmonlar ular tomonga hujum qiladi[5]. Banu Mustaliq qabilasiga hamroh boʻlgan arablar bu voqeadan xabar topgach, jon saqlash maqsadida qochib ketishadi. Yurish davomida xalifa Abu Bakr Siddiq muhojirlar qoʻmondoni, Saʼd ibn Uboda esa ansorlar qoʻmondoni etib tayinlangan edi. Ikki qoʻshin dengiz boʻyida, Makkadan bir oz uzoqlikda joylashgan al-Muraysiy nomli quduq yaqinida bir-biriga qarshi kurash olib boradi. Ular bir soat davomida kamondan oʻq uzib bilan jang qilishadi. Musulmonlar kamon oʻqlariga qarshi tezlik bilan oldinga siljib borishadi, ular Banu Mustaliq qabilasi vakillarini oʻrab olishadi va butun qabila oilalari, podalari va qoʻylarini asirga olishadi. Jang musulmonlarning toʻliq gʻalabasi bilan yakunlanadi[6].

Ali ibn Abu Tolib yaralangan bir necha Banu Mustaliq vakillarini oʻldiradi. Ular orasida Molik va uning oʻgʻli ham bor edi[7].

Bundan tashqari 200 oila asirga olinadi, 200 ta tuya, 5000 ta qoʻy, echki, shuningdek, katta miqdordagi uy-roʻzgʻor buyumlari oʻlja qilib olinadi. Olingan uy-roʻzgʻor buyumlari keyinchalik talabgorlar orasidan eng koʻp narx qoʻygan kishilarga sotiladi.

Ammo jangda shunday bir voqea yuz beradiki, Uboda ibn al-Somit oʻzining ansoriy urugʻdoshlaridan biri Hishom ibn Subabohni dushman vakillaridan boʻlgan Hishom deb oʻylab, beixtiyor oʻldirib qoʻyadi[8].

  1. Mubarakpuri, Saifur Rahman Al (2005), The Sealed Nectar: biography of the Noble Prophet, Darussalam Publications, 386–387-bet, ISBN 9789960899558 (online)
  2. Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford At The Clarendon Press, 1956 — 341-bet. 
  3. J. M. B. Jones (1957). "The Chronology of the "Mag̱ẖāzī"-- A Textual Survey". Bulletin of the School of Oriental and African Studies, University of London 19 (2): 251. doi:10.1017/S0041977X0013304X. 
  4. 4,0 4,1 „The Battle of Banu Al-Mustaliq – I“. Islamweb. Qaraldi: 2016-yil 22-dekabr.
  5. „Sunan Abi Dawud 2633 – Jihad (Kitab Al-Jihad) – كتاب الجهاد – Sunnah.com – Sayings and Teachings of Prophet Muhammad (صلى الله عليه و سلم)“. sunnah.com. Qaraldi: 2021-yil 19-avgust.
  6. Watt, W. Montgomery. Muhammad at Medina. Oxford University Press, 1956 — 35-bet. ISBN 978-0-19-577307-1. 
  7. Al Tabari (1997), Volume 8, Victory of Islam, Michael Fishbein tomonidan tarjima qilingan, State University of New York Press, 56-bet, ISBN 978-0-7914-3150-4
  8. Ahmed Ali Abdel-Qader Muhammad al-Maqrizi. „Battle with Banu Mustaliq“. With prophet. Qaraldi: 2020-yil 30-yanvar.