Kontent qismiga oʻtish

Murayama (Yamagata)

Koordinatalari: 38°29′0″N 140°22′49″E / 38.48333°N 140.38028°E / 38.48333; 140.38028
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Murayama, Yamagatadan yoʻnaltirildi)
Murayama

村山市
Shahar
Skyline of Murayama
Murayama
Bayroq
38°29′0″N 140°22′49″E / 38.48333°N 140.38028°E / 38.48333; 140.38028
Mamlakat Yaponiya
Asos solingan 1954-yil 1-aprel
Maydon 19,698 km2 (7,605 kv mi)
Iqlim turi nam kontinental iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2015-yil oktyabr)
23 643
Murayama xaritada
Murayama
Murayama

Murayama (yaponcha: 村山市 Murayama-shi?) Yaponiyaning Yamagata prefekturasida joylashgan shahardir. 2020-yil 1-fevral holatiga koʻra, shaharda 8133 ta xonadonda 23643 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 120 kishini tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 196,98 kvadrat kilometr (76 mi²).

Murayama Yamagata prefekturasining shimoli-sharqida, Mogami daryosining vodiysida joylashgan boʻlib, sharq va gʻarbda Ou togʻlari bilan oʻralgan.

Qoʻshni munitsipalitetlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murayama nam kontinental iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Dfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish mavsumi bu hududga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Murayamada oʻrtacha yillik harorat 11.2 °C (52.2 °F) ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 1,250.1 mm (49.22 in) boʻlib, eng seryogʻin oy iyul hisoblanadi. Avgust oyida eng yuqori harorat 24.5 °C (76.1 °F) atrofida va eng past harorat yanvarda, taxminan −1.2 °C (29.8 °F) atrofida boʻladi.

Murayama iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Oʻrtacha maksimal, °C 2,2 3,3 8,0 15,5 22,2 25,7 28,0 29,9 25,7 19,1 12,0 5,0 16,4
Oʻrtacha minimal, °C −5,2 −5 −1,8 2,8 9,1 15,0 19,4 20,3 15,6 8,2 2,5 −1,8 6,6
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 123,6 77,5 70,8 65,2 65,8 91,4 169,3 124,8 106,6 103,8 100,7 144,6 1 250,1
Manba: Yaponiya metrologiya agentligi[2][3]

Demografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[4], Murayama aholisi soʻnggi 70 yil ichida barqaror ravishda kamaygan va hozirda uning koʻrsatkichi bir asr avvalgidan kamroq.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192030,731—    
193034,761+13.1%
194035,751+2.8%
195041,95+17.3%
196038,959−7.1%
197034,13−12.4%
198032,324−5.3%
199031,589−2.3%
200029,586−6.3%
201026,811−9.4%
202022,516−16.0%

Hozirgi Murayama hududi qadimgi Deva viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, hudud Yamagata prefekturasi, Kitamurayama tumani tarkibiga kiritildi. Tateoka shahri 1889-yil 1-aprelda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining oʻrnatilishi bilan tashkil etilgan. Murayama shahri 1954-yil 1-aprelda Tateokaning Nishigo, Okura, Tozava, Okubo va Fumoto qishloqlari bilan birlashishi natijasida tashkil etilgan.

Murayama Tokio 2020 Olimpiya oʻyinlari uchun Bolgariya badiiy gimnastika jamoasi aʼzolari roʻyxatdan oʻtgan shahar hisoblanadi[5][6]. 2019-yilda Yaponiyaning milliy „Mezbon shahar sammiti 2019“ chogʻida Murayama uchta mukofot nominatsiyasining har birida birinchi oʻrinni qoʻlga kiritdi, bular: „Eng yaxshi mezbon shahar rahbari“, „Eng yaxshi muloqotchi“ va „Poster sessiyasi“ yoʻnalishlari[7]. Mahmon Bolgariya deligatsiyasi koʻpkurash bahslarida guruh bosqichida oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Murayama toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 15 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organi boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Yamagata prefekturasi assambleyasiga bir aʼzoni qoʻshish huquqiga ega. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 2-Yamagata okrugi tarkibiga kiradi.

Murayama iqtisodiyoti qishloq xoʻjaligiga asoslangan.

Taʼlim tizimi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murayama shahrida sakkizta davlat boshlangʻich maktabi va shahar hukumati tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi shuningdek, Yamagata prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan ikkita davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Yamagata Shinkansen

  • Murayama

Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Ou magistral liniyasi

  • Murayama — Sodesaki

Magistral yoʻl

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • Tōhoku-Chūō Expressway — Murayama almashinuv stansiyasi
  • Milliy yoʻnalish 13
  • Milliy yoʻnalish 347

Qardosh shaharlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Murayamadan chiqqan taniqli odamlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]