Kontent qismiga oʻtish

Munozara:Ij'mo

Sahifa kontenti boshqa tillarda dastaklanmaydi.
Vikipediya, ochiq ensiklopediya

IJʼMO (ittifoq bo‘lish, azmu qaror qilish) — muhokama etiladigan masala yuzasidan mujtahidlarning bir fikrga kelishuvi; fiqh manbalaridan biri. Usul al fiqh ulamolari I.ni quyidagacha taʼriflaydilar: Muhammad (sav)ning ummatidan bo‘lgan barcha mujtahiddarning u kishining asridan keyingi davrlarda biror shar’iy ishga yaqtsillik bilan ittifoq qilishlari I.dir. I. faqat mujtahidlar tarafidan sodir bo‘ladi. I.da faqatgana fosiqlik va bid’atchilikdan xoli bo‘lgan mujtahidlar qatnashadi. I.ning kelib chiqishi 7-a.ning 2- yarmida o‘tgan dastlabki mujtahidlar — „Madinaning yetti faqihi“ -Said ibn al-Musayyib, Urva ibn az-Zubayr, Abu Bakr ibn Ubayd, al-Qosim ibn Muhammad, Ubaydulloh ibn Abdulloh, Sulaymon ibn Yasar va Xorij ibn Zayd faoliyatlari bilan boshiq. Ular munozarali masalalarni o‘rganish tartibini belgilab berishgan. Buning uchun har bir munozarali masala yuzasidan imkoni boricha to‘liq maʼlumot to‘plashgan, iloji boricha ko‘pchilik kishilardan so‘rab bilishgan. So‘ngra bu maʼlumotlar solishtirilib muhokama etilgan, eng ishonchli deb bilingani bo‘yicha yagona bir qarorga kelingan. Zamon, sharoitga qarab o‘zgarib turadigan hukmlar musulmon jamoasi ijtihod qilib yechish uchun qoldirilgan. Agar Qur’onda ham, sunnatda ham zikri kelmagan masala ko‘ndalang bo‘lib qolsa, bu masalaning yechilishi musulmonlarning ishboshilariga havola qilinadi. Ijtihod maqomiga yetgan ishboshilar mazkur masalani Qur’on va Sunnat qoidalari asosida hal etadilar. Bunga amal qilish har bir musulmon uchun vojibdir. Chunki oyatda: „…Payg‘ambarga va o‘zingizdan bo‘lgan ishboshilarga itoat qiling“, degan amr bor. Allohning amriga bo‘ysunish esa, vojibdir. Ammo, ishboshilarga bo‘ysunishda bir necha shartlar bor. Avvalo, oyatda „o‘zingizdan bo‘lgan“ deyilyapti. Faqixdar bu oyatdagi „ishboshi“larni fiqhda ijtihod darajasiga yetgan ulamolarning jamlanib, biror masala bo‘yicha ittifoq bo‘lib qaror qilishlari, ishboshilikdir, deganlar. Ahli Sunnaning barchalari, I. faqat mujtahidlarning ittifoqi ila bo‘ladi, kim bo‘lishidan qatʼi nazar boshqalarning qilgan ittifoqi I. bo‘la olmaydi, deganlar. Baʼzi taraflar eng yaxshi I. to‘rt roshid xalifaning qilgan I.laridir deganlar. I. uchun suyanch bo‘lishi shart. Bu suyanch matnda kelgan dalil yoki qiyos bo‘ladi. Odatda o‘sha matn yoki qiyos maxfiy bo‘ladi. Mujtahidlar uni oshkor qilishga ijtihod qiladilar va uni hal qilishda itgifoq bo‘ladilar. I. yo‘li bilan sobit bo‘lgan hukm qagiy bo‘lsa, uni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Far’iy va mashhur bo‘lmagan masalalardagi I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘lmaydi. Hanafiylarning fikricha, qatiy ravishda sobit bo‘lgan har qanday I.ni inkor qilgan shaxs kofir bo‘ladi. Agar bir asrning baʼzi mujtahidlari bir masalada I. qilsalar va bu hakda boshqa mujtahidlarga xabar yetganda ular javob berish muddatida sukut saqlasalar, I.i sukutiy bo‘ladi. Bu ham hanafiylar nazdida qatʼiy I. hisoblanadi. I. nasx bo‘lmaydi. Chunki, u Payg‘ambar (sav)ning vafotvdan keyin bo‘lgan narsadir. Payg‘ambar (sav)ning vafotlaridan keyin nasx bo‘lishi mumkin emas. Qur’on va Sunnatga xilof ravishda fatvo berib bo‘lmaganidek, I.ga xilof ravishda ham fatvo berib bo‘lmaydi. Shuningdek, Qur’on va Sunnatda hukmi bor masalada qiyosni ishlatish mumkin bo‘lmaganidek, I.da hukmi bor bo‘lgan masalada ham qiyosni ishlatish mumkin emas. Oxirgi paytlarda mujtahidlar yo‘q bo‘lgani va ijtihod eshigi berkitilgani oqibatida I. ham to‘xtab qolgan

ISLOM ENSIKLOPEDIYASI „Oʻzbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004