Munozara:Agressiya wikipedia
Agressiya (lotincha agressio—hujum soʻzidan olingan)—bir davlat tomonidan oʻzga davlatga mustaqillikdan, hududiy yaxlitlikdan va taraqqiyotdan mahrum qilish maqsadida birinchi boʻlib hujum qilinishi yoki kuch ishlatilishi. Davlatlarga biror bir boshqa maqsadlar bilan qurolli kuch ishlatilishi ham agressiya hisoblanadi.
XX asrda agressiya
[manbasini tahrirlash]XX asr boshlarida agressiya insoniyatga qarshi qilingan jinoyat deb eʼtirof etildi. Turli mamlakatlar orasida tuzilgan shartnomalarda, xalqaro hujjatlarda agressiyani taqiqlash printsipi oʻz ifodasini topa boshladi.
Parij pakti
[manbasini tahrirlash]Agressiyani taqiqlagan va uni qonundan tashqarida deb elon qilgan birinchi xalqaro hujjat 1928-yilgi „Parij pakti“ boʻldi. Pakt ilk bor agressiyaga qarshi kurashishni, agressiv siyosat olib borgan mamlakatlarni javobgarlikka tortishni belgilab berdi. Shu davrdan boshlab xalqaro munosabatlarda kuch ishlatmaslik gʻoyasi umumeʼtirof etilgan qoidaga aylana bordi. XX asrning o‘rtalarida xalqaro vaziyatning keskinlashib ketishi BMT Bosh Assambleyasining sessiyalarida agressiya muammolarini muhokama qilishga majbur etdi. BMT Bosh Assambleyasining 1950-1951-yillarda o‘tkazilgan 5 va 6-sessiyalarida agressiyaga aniq taʼrif berildi. Shu vaqtdan eʼtiboran bir davlat tomonidan boshqa davlatga nisbatan har qanday maqsadlarda qurolli kuch ishlatilishi Agressiya deb eʼtirof qilindi. Ushbu taʼrif asosida agressiyaning uch koʻrinishi kursatib berildi: bevosita agressiya, bilvosita agressiya. Agressiyada ishtirok etish. O‘zga davlat hududiga bostirib kirish, unga nisbatan birinchi bo‘lib kuch ishlatish, anneksiya siyosatini amalga oshirish bevosita agressiya deb baholanadi. O‘zga davlat xududiga bomba tashlash, uning qirgʻoq va portlarini ishgʻol Qilish, quruqlikdagi, suvdagi va xavodagi qo‘shinlariga atayin hujum qilish, o‘zga davlat hududida O‘z qurolli kuchlarini joylashtirish haqidagi xalqaro shartnoma va kelishuvlarni buzish bevosita agressiya kurinishlari hisoblanadi. Bilvosita agressiyada agressor-davlat o‘zga davlatta nisbatan yashirin tarzda qurolli kuch ishlatadi. Buning uchun qurollangan jangari guruhlar yoki harbiy bo‘linmalar yollanishi mumkin. Biroq, BMT Nizomining 7-moddasiga muvofiq, xalqlarning milliy ozodlik harakatida ishtirok etgan harbiy tuzilmalar agressor hisoblanmaydi. Biror bir davlatga Agressiya qilish uchun o‘z hududini, harbiy bazalari va inshootlarini taqdim etish Agressiyada ishtirok etish deb baholanadi. A.ga duchor bo‘lgan mamlakat, BMT Nizomining 51-moddasiga muvofiq, yakka tartibda yoki oʻzga mamlakatlar b-n xamkorlikda o‘zini himoya qilishga haqlidir. Biroq, bu xaqda avval BMT xabardor etilishi shart. BMT Xavfsizlik Kengashi Agressiya akti amalga oshirilganiga amin bo‘lsa, agressor davlatga nisbatan harbiy ahamiyatga ega bo‘lmagan choralar qo‘llaydi. Masalan, agressor b-n iqtisodiy munosabatlar tuxtatilishi, uning b-n diplomatik aloqalar uzib qo‘yilishi mumkin. Ushbu choralar taʼsir qilmagan taqdirdagina harbiy harakatlarga ruxsat etiladi.
Adabiyotlar
[manbasini tahrirlash]- Falsafa qomusiy lug'at (2004-yil). Toshkent: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, 2004.