Kontent qismiga oʻtish

Munchoqtepa

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Munchoqtepa — qalʼa harobasi (milodiy 2—3-asr). Namangan — Qoʻqon temir yoʻlning Urganjiy st-yasidan 1,5 km shimoli-sharqda, qum barxanlari orasida bino qilingan. M.ning uz. 94 m, eni 82 m, balandligi 10 m. M.ning atrofida chuqur xandaq izi, janubi-sharqiy burchagida qalʼa arki harobalari, shuningdek, sopol idishlar sinigʻi, xumdon qoldiklari saqlangan. Bunday buyumlar qalʼadan tashqarida, qum barxanlari ustida ham uchraydi. Bu hol M.dan tashqarida ham aholi yashaganligidan dalolat beradi. M. 7—8-asrlarda arab istilochilari tomonidan harobaga aylantirilgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil