Kontent qismiga oʻtish

Munavara Mavlyutova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Munavara Gabdrakipovna
Tavalludi 16.8.1923
Boshqir ASSR RSFSR
Vafoti Ufa Rossiya
15.6.2022
Fuqaroligi SSSR va Rossiya
Kasbi Bolalar jarrohi

Munavara Gabdrakipovna Mavlyutova (1923-yil 16-avgust, Urzaybosh, Boshqird ASSR — 2022-yil-15-iyun, Ufa, Boshqirdiston) — sovet shifokori, bolalar jarrohi. Tibbiyot fanlari doktori (1979), professor (1980). Boshqird ASSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989). SSSR sogʻliqni saqlash aʼlochisi (1963)[1]. S. D. Ternovskiy mukofoti laureati (2008).

Munavara Gabdrakipovna Mavlyutova 1923-yil 16-avgustda Boshqird Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi Urzaybosh qishlogʻida dehqon oilasida tugʻilgan. Uning otasi Buzdyak tumanidagi Qizil-elga qishlogʻiga asos solgan.

1940-yilda Belebey pedagogika texnikumini tamomlab, Andijon viloyatiga oʻqituvchilikka yuboriladi, lekin tez orada vataniga qaytib keladi. Buzdyak tumanidagi Arslonov yetti yillik maktabiga oʻqituvchi etib tayinlandi. Ulugʻ Vatan urushi yillarida yaʼni 1942—1944-yillarda u maktab direktori boʻlib ishlagan.

1944—1945-yillarda Buzdyakskiy tuman komsomol qoʻmitasining kotibi boʻlgan. Oʻqituvchilik tajribasini inobatga olib, unga Pedagogika institutiga oʻqishga kirishni taklif qilishdi, biroq Munavara shifokor boʻlishga qatʼiy qaror qildi. U bolaligidan shifokor boʻlishni orzu qilgan.

1945—1950-yillarda Boshqird davlat tibbiyot institutida tahsil olgan.

1950—1953-yillarda Ishimboy sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi va Ufa shahar sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari lavozimlarida ishlagan.

1956-yilda G. Quvatova nomidagi Respublika klinik kasalxonasida shifokor boʻlib ishlay boshlagan.


1964—1966-yillarda Ufa sogʻliqni saqlash boshqarmasi bosh jarrohi, bir vaqtning oʻzida, 1964—1967-yillarda Ufa shahridagi 1 va 2-shifoxonalarda shifokor, 1966-yildan Ufa sogʻliqni saqlash boshqarmasi boʻlim boshligʻi boʻlgan.

1966-yildan — Boshqird davlat tibbiyot instituti oʻqituvchisi lavozmida ishlagan.

1966—1989-yillarda Boshqird ASSR bosh bolalar jarrohi lavozimida ishlagan.

1970—1989-yillarda — Boshqird davlat tibbiyot instituti bolalar xirurgiyasi kafedrasi mudiri boʻlgan.

2001-yildan umrining oxirigacha Respublika bolalar klinik shifoxonasida ishlagan.

U 2022-yil 15-iyunda vafot etgan[2].

Eri — Rifat Raxmatullovich Mavlyutov (1926—2000), Ufa aviatsiya instituti rektori (1961—1991), professor, Rossiya Fanlar akademiyasining muxbir aʼzosi (1991), Rossiya Fanlar akademiyasining Mexanika instituti direktori (1992—1998) lavozimlarida faoliyat yuritgan[3].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Tadqiqotning asosiy yoʻnalishlari:

  • appendikulyar peritonit, gematogen osteomielitning oldini olish va davolash;
  • oʻtkir yiringli destruktiv va surunkali pnevmoniyani diagnostika va jarrohlik davolash usullarini takomillashtirish.

Professor M.G. Mavlyutova rahbarligida bolalarga jarrohlik yordamini koʻrsatish va tashkil etish standartlarini tashkil etish, qalqonsimon bez kasalliklarini jarrohlik davolash uchun koʻrsatmalar, bolalarda bronxoektatik kasalliklarni erta aniqlash va ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqilgan[4].

M. G. Mavlyutova rahbarligida Respublika bolalar klinik shifoxonasi, Ufa shahrining 17-sonli shahar kasalxonasi, Oktabrskiy, Sterlitamak, Salavat shaharlarida bolalar xirurgiyasi boʻlimlari ochilgan. 1974-yilda Respublika bolalar klinik shifoxonasi negizida Boshqird bolalar xirurgiyasi markazi tashkil etilib, tumanlararo markazlari ham faoliyati yoʻlga qoʻyilgan[5].

M.Mavlyutova rahbarligida bemorlarga tashxis qoʻyish va davolashning 60 dan ortiq yangi usullari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. 6 nafar tibbiyot fanlari nomzodi va 3 nafar tibbiyot fanlari doktori tayyorlangan.

170 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi hisoblanadi.

Faxriy unvon va mukofotlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  • SSSR sogʻliqni saqlash aʼlochisi (1963),
  • Boshqird ASSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1989),
  • Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasining S. D. Ternovskiy mukofoti sovrindori (2008)[4].
  1. Мавлютова Мунавара Габдракиповна, 6-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13-iyul 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  2. Umerla organizator detskoy xirurgii Bashkirii Munavara Mavlyutova
  3. Мавлютов Рыфат Рахматуллович, 6-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13-iyul 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. 4,0 4,1 „Mavlyutova Munavara Gabdrakipovna“. 6-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2022-yil.
  5. Кафедра детской хирургии БГМУ, 6-aprel 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 13-iyul 2022-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()