Mum rassomligi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Mum rassomligi - bogʻlovchi moddasi mum boʻlgan boʻyokda ishlanadigan rangtasvir usuli. Kimyoviy aktivligining sustligi va namga chidamliligi tufayli bu usulda yaratilgan asarlar koʻp asrlar davomida oʻzining dastlabki koloriti, sofligi, pishiqligi va boʻyoq qatlamining sifatini saqlabturadi. Miloddan avvalgi 14-asrdan Qad. Misrda ibodatxonalarni boʻyashda qoʻllangan. Miloddan avvalgi 5-asrda Yunonistonda issiqusul deb ataluvchi (enkaustika) eng mustahkam Mum rassomligi texnologiyasi yaratilgan: bunda qizdirilgan mum boʻyoklar qizdirilgan jez kurakcha yordamida asosga surtiladi. Bu usul, asosan, dastgoh sanʼatida qoʻllangan, shuningdek, ma-hobatli rasmlarda noqulay tashqi sharoitga chidamli mustahkam boʻyoq qatlami talab qilinganda ishlatilgan. Fay-yum portretlari va Vizantiya ikonalarida (12-asrgacha) enkaustika oʻrnini uncha pishiq boʻlmagan hamda ishlanishi osonroq skipidarli mum boʻyoqlar (sovuq usul deb ataladi) va mumli tempera (uchuvchan moyli emulsiya aralashmasi) egallay boshlagan. Mum rassomligi hozir asosan rasmlarni taʼmirlashda, yoʻqotilgan boʻyoq qatlamini toʻldirish va uni mustahkamlashda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |