Mulla Sulton madrasasi
Mulla Sulton madrasasi | |
---|---|
Joylashuv | Buxoro |
Turi | madrasa |
Xarita |
Mulla Sulton madrasasi Mulla Sulton Murod Buxoroning Shoh Axsi guzarida joylashgan bo‘lib, uning 12 hujrasi bo‘lgan. Sadri Ziyo hujralar sonini 10 ta deb ko‘rsatgan. Madrasa faoliyatiga doir bir nechta hujjat saqlanib qolgan.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Qozikalon Mir Badriddin arznomasida mulla Sulton madrasasi mudarrisi mulla I’non kambag‘alligi tufayli mavlona Sharif xonaqohi hujralari mudarrisi mulla G‘ulomning o‘rniga o‘tishdan umidvor bo‘lib mehriboni oliyni duo qilayotganini maʼlum qiladi. Maoshi 12 tilla. Hujjatning davomida taʼlim olishni yakunlagan Ahmad ismli talaba Mulla Sulton madrasasida mulla I’nonning bo‘sh qolgan o‘rniga o‘tkazilishi haqida axborot beriladi. Maoshi 5 tilla. Mir Badriddin boshqa arznomasida Shoh Axsi guzaridagi mulla Sulton madrasasi hujrasining bir tarafida istiqomat qiluvchi mulla Abdusattor ketgani, uning o‘rniga kambag‘al talaba Hotam o‘tkzalishini maʼlum qiladi. Joy haqi 1 tilla. Yana bir arznomada mulla Sulton madrasasi hujrasida yashovchi mulla Boqir o‘rni bo‘sh turgani, unga mulla Rahmatulla qo‘yilishi xabar qilinadi. Joy haqi 1 tilla. Boshqa hujjatda mazkur talabalarning o‘rni yana almashgani haqida gap boradi. Bu gal talaba Rahmatulla o‘rniga mulla Boqir hujrador bo‘ladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Buxoro ta'lim tizimi tarixi. Abdusattor Jumanazar. Toshkent: Akademnashr, 2017. – B. 373.