Kontent qismiga oʻtish

Mulla Ahmadbiy Saidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Mulla Ahmadbiy Saidov
Mulla Ahmadbiy Saidov
Buxorodagi mashhur qoʻrboshi
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1878-yil
Sharqiy Buxorodagi Kangurt tumani Mundoq qishlogʻi
Vafoti 1932-yil

Mulla Ahmadbiy Saidov  — (1878—1932) — Sharqiy Buxoroda qizil armiyaga qarshi kurashgan qoʻrboshilardan biri. Ibrohimbek qoʻrboshining xos soqchisi[1].

Qoʻrboshilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Mulla Ahmadbiy 1878-yili Sharqiy Buxorodagi Kangurt tumani Mundoq qishlogʻida tavallud topgan. Qizil armiyaga qarshi kurash jarayonida u Egamberdi Botir va Ibrohimbekning maslahatchisi boʻlgan. 1931-yilgi soʻrogʻdan maʼlum boʻlishicha u 7 yil oldin Ibrohimbekning yigitlari safida boʻlib, bir yil davomida uning shaxsiy qoʻriqchisi boʻlgan. Koʻplab qoʻrboshilar Afgʻonistonga muhojirlikda ketayotgan paytda u ham oʻz oilasi bilan joʻnab ketgan. Ibrohimbek va avgʻonlar oʻrtasida janglar boshlanganidan soʻng, Mulla Ahmadbiy qoʻrboshi sifatida tayinlangan va unga 500 nafar qatagʻonlardan iborat guruhni boshqarish topshirilgan. Afgʻonlar bilan 2 oy jang davom etgan jangda Mulla Ahmadbiy yaralangan va togʻda yashiringan. Keyinchalik u oilasini olib Chubek mavzesiga yetib boradi. Xuddi shu paytda Ibrohimbek oilalarni chegaradan oʻtkazishga koʻmaklashayotgan boʻlgan. Chegaradan oʻtib, Jilontogʻda qizil askarlar bilan boʻlgan jangda Mulla Ahmadbiy yana yaralanadi va togʻda qoladi. Mulla Ahmadbiy bir necha kundan soʻng Toshguzar qishlogʻining oqsoqoli Berdimuhammad orqali Abduqayum Parvonachiga maktub yoʻllaydi. Abduqayumdan kelgan javobda u taslim boʻlganligi, Mulla Ahmadbiyni ham sovet hokimitiga taslim boʻlishni taklif etgan. Shundan soʻng u Dangʻaraga kelib taslim boʻladi. 1931-yil 22-iyunda Stalinobod GPUsi tomonidan qoʻlga olinadi. Dangʻara GPUsi tomondan soʻroq qilinadi. Mulla Ahmadbiy SSSR OGPU kollegiyasining 1932-yil 13-apreldagi hukmi boʻyicha Toshkentda 54 yoshida 1932-yil 10-avgustda otilgan[2].


  1. Rajabov Q. Ibrohimbek qoʻrboshi va safdoshlari jasorati. Toshkent: „Fan“, 2022 — 399-bet. 
  2. Rajabov Q. Turkiston qoʻrboshilari. Toshkent: „Fan“, 2022 — 400-bet.