Kontent qismiga oʻtish

Mulhaqot as-suroh (asar)

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

“ Mulhaqot as-suroh” (“As-suroh”ga ilova”) nomli kitob, muallifi XIII—XIV asr boshlarida yashagan tilshunos va tarixchi olim Jamol Qarshiydir (1230-yil tugilgan).

Uning asli ismi Abulfazl Muhammad ibn Umar ibn Xolid, ammo olim koʻpincha Jamol Qarshiy nomi bilan mashhur bo'lgan. Olim Olmaliq shahrida (Ila vodiysida, Gʻuljaning g‘arbi-shimoliy tarafida joylashgan yirik oʻrta asr savdo va madaniyat markazlaridan biri) ruhoniv oilasida tugʻilgan.

Asarda XIII asrda Olmaliq va uning atrofida hukmronlik qilgan turk hukmdorlari, Qoraxoniylar, xususan ularning Koshgʻarda hukmronlik qilgan namoyandalari; Qoshgʻar, Xoʻtan, Fargʻona, Shosh viloyatlari, shuningdek Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan bir qator yirik o'rta asr shaharlari, masalan Barchinligʻkent, Jand haqida, Jamol Qarshiy bilan zamondosh boʻlgan mashhur shayxlar, olimlar, shoirlar haqida ma’lumotlarni uchratamiz.

  • Madraimov, Abdumajid. Manbashunoslik: Bakalavriatning tarix yo'nalishi talabalari uchun darslik. A. Madraimov, G. Fuzailova. Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008.