Kontent qismiga oʻtish

Muhammadqaliy Abulgʻoziyev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhammadqaliy Abulgaziyev
Мухамметкалый Абулгазиев
Qirgʻiziston Bosh vaziri
Mansab davri
2018-yil 20-apreldan – 2020-yil 15-iyungacha
Prezident Soʻronboy Jeenbekov
Oʻtmishdoshi Sapar Isoqov
Vorisi Kubatbek Boronov[1]
Qirgʻiziston prezidentining maslahatchisi
Mansab davri
2017-yil 22-avgustdan – 2017-yil 26-avgustgacha
v.b.
Prezident Almazbek Atambayev
Oʻtmishdoshi Soʻronboy Jeenbekov
Vorisi Sapar Isoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 20-yanvar 1968-yil (1968-01-20) (56 yosh)
Kochkor, Norin
Siyosiy partiyasi mustaqil siyosatchi

Muhammadqaliy Abulgʻoziyev (qirgʻizcha: Мухамметкалый Дүшекеевич (Дүшеке уулу) Абулгазиев, Muhammetkalıy Düşekeyeviç (Düşeke uulu) Abulgaziyev; 20-yanvar, 1968) – 2018-yildan 2020-yilgacha Qirgʻiziston Bosh vaziri.[2][3]

Muhammetkaliy Abulgaziyev 1968-yil 20-yanvarda Qirgʻiziston Sovet Sotsialistik Respublikasi Norin viloyati Qoʻchqor tumani tugʻilgan.

1994-yilda Skryabin nomidagi qishloq xoʻjaligi institutini tamomlagan, mutaxassisligi – agronom.

1997-yilda Qirgʻiziston xalqaro universitetining iqtisodiyot va biznes fakultetini tamomlagan.

1994—1999 – moliyaviy kompaniyalarda ishlagan.

1999-yildan buyon Bishkek shahrining bandlik boshqarmasida.

2003-yildan 2017-yilgacha Qirgʻiziston Respublikasining ijtimoiy fondida ishlagan (2010—2017 – fond rahbari).

2017-yil 13-apreldan 2017-yil 22-avgustgacha Qirgʻiziston Respublikasi bosh vazirining birinchi oʻrinbosari[4].

2017-yilning 22-avgustidan 25-avgustigacha Qirgʻiziston Respublikasi Bosh vaziri vazifasini bajaruvchi.

2017-yil avgust-sentyabr oylarida Qirgʻiziston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi.

2017-yil 12-sentyabrdan 2018 yil 16 martgacha Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Devoni boshligʻining birinchi oʻrinbosari.

2018-yil 16-martdan 2018-yil 20-aprelgacha Qirgʻiziston Respublikasi Prezidenti Devoni rahbari.

2018-yil 20-apreldan 2020-yil 15-iyungacha Qirgʻiziston Respublikasi bosh vaziri.