Muhammad Muqim
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Muhammad Muqim (yoki Xoja Muqim, 17-asr) — musavvir. Ashtarxoniylardan Abdulʼazizxon (1645—80) va Subxonqulixon (1680—1702) kutubxonasida ijod qilgan. M.M. kishilar tasviriga alohida ahamiyat beradi, tasvirlar nafis ishlanishi, qiyofalar ifodaliligi, kompozitsiyalar mutanosibligi, kam shaklliligi hamda shakllar yirikligi bilan diqqatga sazovor. Xoja Gado, Avaz Muhammad, Mulla Behzod kabi musavvirlar va Mirzo Barqiy, Mulla Mir Munshiy, Ibn Arabshoh kabi xattotlar bilan birga ishlab, Nizomiyning „Hamsa“ (1669, Dublindagi Chester Bitti kutubxonasida), Firdavsiyning „Shohnoma“ (1664, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik institutida, inv. № 3463) asarlarini badiiy bezagan. Shuningdek, Firdavsiyning „Shohnoma“, „Narimonnoma“, „Bayonnoma“, „Faramuznoma“ qoʻlyozmalar majmuasiga (1670, O. Oleber maj-muasida) rasmlar ishlashda qatnashgan.
Muhammad Muqim. „Siyovushni oʻtda sinash“ (Firdavsiyning „Shohnoma“ asariga ishlangan, 1664, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti).[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |