Kontent qismiga oʻtish

Muhammad Boqir Yamaniy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Muhaddis

Ism

Muhammad Boqir Yamaniy

Tavalludi

Vafoti

1566-yil

Falsafa maktabi


Muhammad Boqir Yamaniy — (?—1566) — alloma va muhaddis. Hazrat Muhammad Boqir Yamaniy Mir Arabning o‘g‘illari bo‘lgan. U to’g’risida H. NisoriyningMuzakkiri ahbob” kitoblarida maʼlumot berilgan: “Muborak Husayniy Sayidlaridan va Mir Arab nomi bilan tanilgan Amir Abdulloh Yamaniyning sharif o‘g‘illari Muhammad Boqirdirlar[1]. Ularning asl Vatani Hazarulmavt va u joy Yaman o‘lkasiga qarashli shaharlardan biri hisoblanadi. Hazrat Hud payg‘ambarning qabrlari o‘sha yerdadir. Qurʼoni Karimda nomi tilga olingan, yaʼni Od qavmi qurgan Mashid qasri o‘sha yerda bo‘lgan. Aytishlaricha, qadim zamonda o‘sha o‘lka yeri ostidan bir sopol idish topilgan bo‘lib, unda bir man og‘irlikdagi bug‘doy bor ekan va uning har bir donasi tovuq tuxumiday kelarkan. Hozir esa kishilarda insof yuqligi va el orasida yomon qiliq-odatlar ko‘paygani uchun oradan barakot ko‘tarildi, rizqimiz asosi bug‘doy ham shu (kichik) miqdorga kelib qolgan.” Buxoro hukmdori Hazrat Muhammad Boqirga ko‘p izzat-ikrom ko‘rsatgani manbalarda zikr etilgan. Hazrat Muhammad Boqir o‘z zamonasining allomasi bo’lgan. Hazrat Muhammad Boqir Mir Arab madrasasida yoshlarga saboq bergan. Shuningdek, u g‘azallar ham yozgan va taxallus Yamaniy bo‘lgan. Mir Arab va u kishining o‘g‘illari Muhammad Boqir saidzoda bo‘lib, o‘z zamonasining yetuk insonlari edi. Hazrat Muhammad Boqir 1566-yilda vafot etganlar va qabrlari otalari Mir Arabning yonlarida, Mir Arab madrasasi go‘rxonasidadir. “Muzakkiri ahbob”da Muhammad Boqirning quyidagi g‘azali keltirilgan: (mazmuni) Yor o‘z asirlari tomon umuman endi nazar tashlamas, uning ishqi yo‘lida boshini yo‘qotganlar guzaridan aslo o‘tmas. Ishqing yo‘lida o‘zimdan tomom behud bo‘ldim, men endi hamma narsadan bexabarman. Go‘zallik osmonnda sen kabi bir quyosh qayda? Ey, oi yuzli, zuhrajabin, siyminbadan! Garchi bu zamondagi hamma tuzallar yaxshi, lekin sen kabi go‘zal qayda, sen hammasidan yaxshiroqsan! Yamaniy kabi qadding xayolida, Ey, sarvi ravon, ko‘changda yiqilib qolganlar yo‘qdir[2].

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.