Muhammad: A Prophet For Our Time
„Muhammad zamonamiz paygʻambari“ (Muhammad: A Prophet For Our Time) - britaniyalik yozuvchi Karen Armstrongning 2006-yilda chop etilgan kitobi. Bu asar taniqli yozuvchilar mashhur kishilarning qisqacha tarjimai holi haqida yozgan “Eminent Lives” (Mashurlar hayoti) turkumiga kiradi. Bu Armstrong tarafidan Muhammad alayhissalomning tarjimai holiga bag‘ishlab yozilgan ikkinchi kitob sanaladi. Armstrongning birinchi kitobi “Muhammad: Payg‘ambarning tarjimai holi” (Muhammad: a Biography of the Prophet) deb nomlanib, u mazkur asari tufayli Musulmon Jamoatchilik bilan aloqalar kengashining Media mukofotiga sazovor bo‘lgan. “Muhammad (alayhissalom) zamonamiz payg‘ambari” esa, qisqacha tarjimai hol bo‘lib, ko‘pchilik musulmonlar Muhammad alayhissalomni va o‘z e’tiqodlarini qanday tushunishlarini ko‘rsatadi. Armstrong kitobda Muhammad alayhissalomni ham tasavvufchi, ham dono siyosiy va ijtimoiy islohotchi sifatida tasvirlaydi[1][2].