Muhabbat Obidova
Muhabbat Fozilovna Obidova | |
---|---|
Tavalludi |
18-oktyabr 1931-yil |
Vafoti |
17-avgust 2020-yil (88 yoshda) Toshkent |
Mukofotlari |
Obidova Muhabbat Fozilovna (18-oktabr 1931-yil, Toshkent – 17-avgust 2020-yil) – kimyogar olima. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000). Kimyo fanlari doktori (1974) va professori (1976) boʻlgan. Oʻrta Osiyo politexnika institutini tugatgan (1954). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Kimyo instituti (1957-58) va Polimerlar kimyosi instituti xodimi (1959), Oʻrta Osiyo neftni qayta ishlash sanoati institutida sektor mudiri (1965—67), laboratoriya mudiri (1967-yildan). Neftni qayta ishlash va neft kimyosi sanoatida ishlatiladigan gidrokreking katalizatorlari sinteziga oid ilimiy ishlari bor. Obidova Muhabbat rahbarligida vitaminlar va yarim mahsulotlar ishlab chiqarishda uzoq, muddat faol ishlaydigan gidrogenlash katalizatorlarining turlari olingan[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |