Motiv (psixologiyada)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Motiv (psixologiyada) — inson faoliyatida muayyan maqsadni bajarishga sabab boʻluvchi omil, vaj motiv shaxsni harakatga va faoliyatga undovchi, ehtiyojning yuksak shakli sifatida paydo boʻluvchi ichki turtki hisoblanadi. Ehtiyoj va instinkt, mayl va hissiyot, ideal va boshqa motivlar jumlasiga kiradi. Hozirgi zamon psixologiyasida Motiv atamasi subʼyektni faollashtiruvchi turli hodisa va holatlarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Xatti-harakat va faoliyat motivlarining majmuasi motivatsiya deyiladi. Motiv ehtiyoj negizida vujudga keladi va shakllanadi. Ehtiyojning barqarorlashuvi motivatsiyaning samarali shakllanishini taʼminlaydi. Harakat faoliyatning tarkibi boʻlgani tufayli u faoliyatning maqsadi va Motivatsiya orqali boshqariladi. Baʼzan "Motivatsiya" tu-shunchasini "emotsiya", "maqsad", "ustanovka" atamalari bilan almashtirish hollari uchraydi. Goho turtki, qoʻzgʻovchi, undovchi tushunchalari bilan aynanlashtiriladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |