Monosaharidlar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Monosaxaridlar - organik birikmalar, uglevodlarning asosiy guruhlaridan biri. Tarkibida gidroksil guruhlari, aldegid guruhi (aldozalar) yoki ketoguruh (ketozalar) boʻladi. Umumiy formulasi CnH2nOn (bu yerda p=3+9). Zanjiridagi uglerod atomlarining soniga qarab M., odatda, quyi M. (zanjirida 3 va 4 ta uglerod atomi boʻlgan) triozalar (S3N6O3) va tetrozalar (S4N8O4), oddiy M. pentozalar (S5N10O5) va geksozalar (S6N|2O6), yuqori M. geptozalar (S7N|4O7), oktozalar (C8HI6OS), nonozalar (C,Hi8O9)ra boʻlinadi. Bulardan, geksozalar (mas, glyukoza, galaktoza, mannoza, fruktoza) va pentozalar (arabinoza, ksiloza, riboza va boshqalar) muhim. M. suvda yaxshi, spirtda oz eriydi, efirda esa erimaydi. Hayvonlar, oʻsimliklar organizmida erkin holda va polisaharidlar, glyukozidlar holida koʻp uchraydi. M., ayniqsa, fosfor efirlari (geksozodifosfat, geksozomonofosfat) holida organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarida ishtirok etadi, energetik jarayonlarda, shuningdek, uglevod va boshqa murakkab birikmalar sintezida qatnashadi. M., asosan, polisa-haridlarni gidrolizlab olinadi. M. va ularning hosilalari, mas, glyukoza, fruktoza oziq-ovqat sanoatida va tibbiyotda ishlatiladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |