Kontent qismiga oʻtish

Moʻjizalar olamida

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Moʻjizalar olamida
Muallif(lar) Ismatulla Ubaydullayev
Neʼmatulla Moʻminov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i axborot texnologiyalari, kibernetika, bionika
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Oʻzbek tilida nashr etilgan sanasi 1972
Sahifalar soni 104

„Moʻjizalar olamida“Ismatulla Ubaydullayev va Neʼmatulla Moʻminov qalamiga mansub axborot texnologiyalari, kibernetika hamda bionika haqidagi kitob. 1972-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan[1]. Kibernetika boʻyicha oʻzbek tilidagi ilk keng koʻlamli asarlarning biri[manba kerak].

Asarda EHM inson hayotini tubdan oʻzgartirishi toʻgʻri bashorat qilingan. Unda bir necha mavzu, jumladan, kompyuterlar yordamida ob-havoni bashorat, shaxmat dasturlari va boshqa shunga oʻxshash masalalari koʻrib chiqilgan. Shuningdek, asarda kibernetika asoschilaridan biri Norbert Wiener haqida soʻz boradi.

  1. Muqaddas, Payzullayeva; Payazova, Dildora; Saydaxmedova, Maʼmura; Sharipova, Dilbar. Совет Ўзбекистони китоби (1970— 1972 йй.). Toshkent: Oʻzbekiston SSR davlat kitob palatasi, 1984 — 99-bet. Qaraldi: 25-dekabr 2024-yil.