Kontent qismiga oʻtish

Mixail Viridarskiy

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Mixail Sergeyevich Viridarskiy (1894-yil 20-fevral, Sankt-Peterburg1961-yil 5-may, Toshkent) — sovet kutubxona xodimi va bibliografi; 1925—1941-yillarda M.E.Saltikov-Shedrin nomidagi Davlat ommaviy kutubxonasi bosh muharriri; O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi bo‘ladi.

M.S.Viridarskiy 1894-yil 20-fevralda Sankt-Peterburgda Chernigov guberniyasi zodagonlari, tibbiyot fanlari doktori Sergey Timonovich Viridarskiy [1] va Mariya Mixaylovna Fedorovskaya oilasida dunyoga keladi. 1918-yilda Petrograd universitetini, 1924—1926-yillarda esa Leningraddagi kutubxonachilik oliy kurslarini tamomlaydi. Hatto universitetida S.S.Viridarskiy talabalar bibliografik to‘garagida ishlaydi va N.M.Lisovskiyning kitobshunoslikka oid ma’ruzalarini tinglaydi[2] .

1924-yildan M.S.Viridarskiyning kutubxona, bibliografik va arxivshunoslik bo‘yicha faoliyati boshlanadi. 1925-yildan —1943-yilgacha Leningrad ilmiy-texnik kutubxonalarida ishlagan M.S.Viridarskiy bir vaqtning o‘zida (1929—1941) M.E.Saltikov-Shedrin nolmidagi Davlat ommaviy kutubxonasining bosh kutubxonachisi ham edi. U Leningradda shahar bosqini paytida ham kutubxona ishlarini bir zumgayam to‘xtatmadi[2] .

1943-yilda M.S.Viridarskiy Leningraddan Toshkentga surgun qilinadi va shundan buyon O‘zbekiston kutubxonalarida uzluksiz faoliyat yuritib keladi. 1946-yildan to umrini oxirigacha Toshkentda A.Navoiy nomidagi Davlat ommaviy kutubxonasida ishladi va O‘zbekiston ilmiy jamoatchiligi orasida keng taniladi[2] .

M.S.Viridarskiy 1961-yil 11-mayda og‘ir va uzoq muddatli davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etadi. M.S.Viridarskiyning xizmatlari hukumat tomonidan munosib baholanadi. “Leningrad mudofaasi uchun” medali, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining Faxriy yorlig‘i va O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi unvoni bilan taqdirlanadi[3] .

  1. „Родословная книга“. rodoslovnaya.org. Qaraldi: 2022-yil 4-avgust.
  2. 2,0 2,1 2,2 Общественные науки в Узбекистане 1961.
  3. Общественные науки в Узбекистане, 1961, p. 63—64.. 
  • Муминов И. М. и др. Михаил Сергеевич Виридарский // Общественные науки в Узбекистане. — 1961. — № 6.